Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Qoraqalpog'iston Respublikasi Adliya vaziri

Tursunov Elmurod Ergashovich

Телефон:
55-101-10-08

E.Tursunov 1983-yil 5-dekabr kuni Qoraqalpog'iston Respublikasi Xo'jayli tumanida tug'ilgan. Ma'lumoti oliy huquqshunos. 2006-yil Qoraqalpoq davlat universitetini tamomlagan.

E.Tursunov mehnat faoliyati davomida 2006-yilda Qoraqalpog'iston Respublikasi Nukus shahar 1-son davlat notarial idorasi arxivaruisi;

2007-2012-yillarda Qoraqalpog'iston Respublikasi Adliya vazirligi Tadbirkorlar huquqlarini himoya qilish bo'limi katta maslahatchisi, yetakchi maslahatchisi, bosh maslahatchisi;

2012-2018-yillarda Qoraqalpog'iston Respublikasi Adliya vazirligi Jamoat, nodavlat notijorat va diniy tashkilotlar bo‘limi boshlig‘i;

2018-2019-yillarda Davlat xizmatlari agentligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi Davlat xizmatlari markazlari faoliyati ustidan nazorat qilish bo‘limi boshlig‘i;

2019-2022-yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vaziri o‘rinbosari;

2022-2023-yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirining birinchi o‘rinbosari;

2023-yil 29-avgustdan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vaziri lavozimida ishlab kelmoqda;
Должностные обязанности

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirining birinchi o‘rinbosari

Prenov Amangeldi Barlikbaevich

Телефон:
55-101-10-08

A.Prenov 1988-yil 30-noyabrda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Nukus shahrida tug'ulgan. Ma’lumoti oliy huquqshunos.2011-yil Qoraqalpoq davlat universitetini tamomlagan. 2014-yil Qoraqalpoq davlat universitetini magistratura bosqichining davlat boshqaruvi va huquqi mutaxasisligini tugatgan.
A.Prenov mehnat faoliyatini 2012-2014-yilarda Qoraqalpoq davlat universiteti qoshidagi 1-sonli akademik litseyda EHM operatori;
2014-2016-yillarda Qoraqalpoq davlat universiteti qoshidagi akademik litseyida “Huquqshunoslik” fani o‘qituvchisi;
2014-2018-yilarda Qoraqalpoq davlat universiteti akademik litseyi yuriskonsulti;
2018-yilning may-noyabr Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi Ijtimoiy-iqtisodiy soxada huquqni qo‘llash amaliyotini o‘rganish bo‘limi yetakchi maslahatchisi;
2018-2019-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Inson huquqlarini himoya qilish boshqarmasining yetakchi maslahatchisi;
2019-2020-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Inson huquqlarini himoya qilish boshqarmasining bosh maslahatchisi;
2020-2023-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Nodavlat notijorat tashkilotlar boshqarmasining bo‘lim boshlig‘i;
2023-yilning fevral-avgust oylarida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Nodavlat notijorat va diniy tashkilotlar boshqarmasining bo‘lim boshlig‘i;
2023-yil 29-avgustdan Qoraqalpog‘iston Respublikasi adliya vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelmoqda;


Должностные обязанности

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vaziri o‘rinbosari

Abdijaliev Maxmud Karamatdinovich

Телефон:
55-101-10-08

M.Abdijaliev 1982-yil 27-aprel Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kegeyli tumanida tug'ulgan. Ma'lumoti oliy, huquqshunos. 2003-yil Qoraqalpoq davlat universiteti bakalavr bosqichini tugatgan.
2005-yil Toshkent davlat yuridik instituti magistratura bosqichini tamomlagan.
M.Abdijaliev mehnat faoliyatini 2006-2008-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Idoraviy-me’yoriy hujjatlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish boshqarmasining katta maslahatchisi;
2008-2011-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Qonun hujjatlarini turkumlash va huquqiy axborot boshqarmasining bosh maslahatchisi, bo‘lim boshlig‘i;
2011-2014-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Idoraviy-me’yoriy hujjatlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish boshqarmasining bo‘lim boshlig‘i;
2014-2016-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Xorijiy investitsiyalar va xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarni huquqiy himoya qilish boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari-bo‘lim boshlig‘i;
2016-2017-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Yuridik shaxslarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari-bo‘lim boshlig‘i;
2017-yilning oktyabr-dekabr oylarida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Davlat xizmatlari ko‘rsatishni muvofiqlashtirish va rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari-bo‘lim boshlig‘i;
2017-2020-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi Davlat xizmatlarini joriy etish va rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i;
2020-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi Andijon viloyati boshqarmasi boshlig‘i;
Должностные обязанности