Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008
05.10.2026

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligiga 2025-2026-yil 9 oyi davomida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlarning TAHLILI


Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligiga

2025-2026-yil 9 oyi davomida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlarning

TAHLILI

 

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi va tuman (shahar) adliya bo‘limlariga 2025-yilning 9 oyi davomida 3168 ta, 2026-yil 9 oyi davomida 3787 ta (+619), murojaatlar kelib tushgan. Murojaatlar soni o‘tgan yilga nisbatan 17 % ga oshgan.   

   

2025-yilning 9 oyi davomida kelib tushgan murojaatlarning 1430 tasi qanoatlantirilgan, 1163 ta murojaatlarga huquqiy tushuntirishlar berilgan, 94 ta murojaatlar ko‘rmasdan qoldirilgan, 1 ta murojaat rad etilgan, 377 ta murojaatlar tegishliligi bo‘yicha yuborilgan.

2026-yilning 9 oyi davomida kelib tushgan murojaatlarning 2469 tasi (+1039) qanoatlantirilgan, 951 ta (-212) murojaatlarga huquqiy tushuntirishlar berilgan, 55 ta (-39) murojaatlar ko‘rmasdan qoldirilgan, 1 ta murojaat rad etilgan, 139 ta (-238) murojaatlar tegishliligi bo‘yicha yuborilgan.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi va tuman (shahar) adliya bo‘limlariga 2026-yil 9 oyi davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining virtual va xalq qabulxonalari orqali jami 396 ta (2025-yil 9 oyi davomida 532 ta) jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari kelib tushgan. Shundan, 229 tasi qanoatlantirildi, 129 tasiga huquqiy tushuntirishlar berildi, 18 tasi ko‘rmasdan qoldirildi.

Ko‘rib chiqish natijalari yuzasidan taqqoslama ma’lumot

(2025-yil va 2026-yil 9 oyi)

 

Jami kelib tushgan murojaatlar soni

Qanoatlantirilgan murojaatlar soni

Tushuntirish berilgan soni

Ko‘rmasdan qoldirilgan

2025-yil 9 oy

2026-yil 9 oy

2025-yil 9 oy

2026-yil 9 oy

2025-yil 9 oy

2026-yil 9 oy

2025-yil 9 oy

2026-yil 9 oy

532

396

157

229

300

129

59

18

Vazirlik tomonidan 2025-yilning 9 oyi davomida kelib tushgan murojaatlarning 76 tasi, 2026-yilning 9 oyi davomida 153 tasi (+77) bevosita joyiga chiqilib, hal qilindi.

Vazirlik “Ishonch telefoni” orqali 2025-yilning 9 oyi davomida 377 ta, 2026- yil 9 oyi davomida 257 ta (-120) murojaatlar kelib tushgan.

Vazirlik va tuman (shahar) adliya bo’limlarining shaxsiy va sayyor qabullarida 2025-yilda 9 oyi davomida 1606 ta, 2026 yil 9 oyi davomida 1641 ta
(+35)
jismoniy shaxslarning murojaatlari qabul qilingan.

Murojaatlarni turlari kesimida tahlil qilinganda 2025-yil 9 oyi davomida 2109 ta arizalar, 1145 ta shikoyatlar, 2026-yil 9 oyi davomida 2263 ta arizalar (+154), 1524 ta (+379) shikoyatlar kelib tushgan.

      


Kelib tushgan murojaatlar xususiyati bo‘yicha tahlil qilinganda 2025-yil 9 oyi davomida ushbu ko‘rsatkichlar mehnat nizolari 388 ta, davlat xizmatlarini kórsatish sohasida 106 ta, ijtimoiy himoya bilan bog‘liq 32 ta, ta’lim sohasida 17 ta, uy-joyga doir 18 ta, yuridik xizmatga doir qonun hujjatlari yuzasidan 12 ta murojaatlar kelib tushgan bo‘lsa, 2026-yil 9 oyi davomida ushbu ko‘rsatkichlar mehnat nizolari 558 ta (+170), davlat xizmatlarini kórsatish sohasida 135 ta (+29), ijtimoiy himoya bilan bog‘liq 79 ta (+47), ta’lim sohasida 33 (+16) ta, uy-joyga doir 21 ta (+3), yuridik xizmatga doir qonun hujjatlari yuzasidan 21 ta (+9), tashkil etmoqda.

2026-yil 9 oyi davomida 2025-yil 9 oyiga nisbatan quyidagi sohalar bo‘yicha murojaatlar soni oshganligini ko‘rsatmoqda.

Qanoatlantirilgan shikoyatlar yuzasidan qo‘llanilgan ta’sir choralari tahlil qilinganda 2025-yil 9 oyi davomida 175 ta taqdimnomalar, 382 ta da’vo arizalari, da’vo summasi 3 626 147,849 so‘m kiritilgan.

Shuningdek, ma’muriy javobgarlikka tortish yuzasidan 51 ta ma’muriy takliflar (shundan 29 tasi to‘g‘ridan-to‘g‘ri rasmiylashtirilib, kiritilgan ma’muriy bayonnomalar) va Jinoiy javobgarlikka tortish yuzasidan berilgan 5 ta takliflar tegishli davlat organlariga kiritilgan.

2026-yil 9 oyi davomida 307 ta (+132) taqdimnomalar, 287 ta (-95) da’vo arizalari, da’vo summasi 1 443 847,546 so‘m (-2 182 300,3) kiritilgan.

ma’muriy javobgarlikka tortish yuzasidan 46 ta (-5) ma’muriy takliflar (shundan 36 tasi (+7) to‘g‘ridan-to‘g‘ri rasmiylashtirilib, kiritilgan ma’muriy bayonnomalar) tegishli davlat organlariga kiritilgan.

 Murojaatlar yuzasidan qo‘llanilgan ta’sir choralari natijalari tahlil qilinganda 2025-yil 9 oyi davomida 8 ta shaxslar intizomiy javobgarlikka tortilgan, 45 ta shaxslar ma’muriy javobgarlikka tortilgan, 60 ta hujjatlar bekor qilingan (ijrosi to‘xtatilgan), 1 ta mehnat shartnomasi bekor qilingan hamda jismoniy va yuridik shaxslarning foydasiga 5 469 144,146 so‘m pul mablag‘lari undirilgan.

2026-yil 9 oyi davomida 22 ta (+14) shaxslar intizomiy javobgarlikka tortilgan, 41 ta (-4) shaxslar ma’muriy javobgarlikka tortilgan, 163 ta (+103) hujjatlar bekor qilingan (ijrosi to‘xtatilgan) hamda jismoniy va yuridik shaxslarning foydasiga 1 654 806,351 so‘m pul mablag‘lari undirilgan.

   

Murojaatlar hududlar kesimida tahlil qilinganda, 2025-yil 9 oyi davomida eng ko‘p murojaatlar Chimboy (226 ta) Kegeyli (125 ta) tumanlari adliya bo‘limlarida tashkil qilgan bo‘lsa, eng kam murojaatlar Mo’ynoq (28 ta), Bo’zatov (37) Qorao’zak (39 ta) va tumanlari adliya bo‘limlariga to‘g‘ri kelgan.

2026-yil 9 oyi davomida eng ko‘p murojaatlar Xo’jayli (203 ta) To’rtko’l (191 ta) tumanlari adliya bo‘limlarida tashkil qilgan bo‘lsa, eng kam murojaatlar Nukus (97 ta), Mo’ynoq (46) tumanlari adliya bo‘limlariga to‘g‘ri kelmoqda.

2026-yil 9 oyi davomida kelib tushgan murojaatlarni qanoatlandirish darajasi bo‘yicha tahlil qilinganda, yuqori ko‘rsatkichlar Qonliko’l (90%), Qo’ng’irot (89,8%) tumani, Taxtako’pir (89,3%) tumani adliya bo‘limlariga, eng past ko‘rsatkichlar esa, Nukus shahri (59,3%), Xo’jayli (59,1%) Amudaryo (61,5%), tumanlarida kuzatildi.

Murojaatlarning hududlar kesimidagi qiyosiy tahlili dinamikasi jadval shaklida taqdim qilinmoqda.

 

Tahlil natijalariga ko‘ra, mеhnat nizolari masalasida kеlib tushgan murojaatlarda asosan ishdan noqonuniy bo’shatganligi, ishga qayta tiklash va ish haqilarini undirish bayon qilingan.

Ijtimoiy sohada kеlib tushgan murojaatlarda asosan pеnsiyaga chiqishpеnsiyani rasmiylashtirish, tayinlash tartiblari, pеnsiyani hisoblash, qayta hisoblash va to‘lash holatlari shuningdеk, moddiy yordam tayinlanmayotganligi bayon qilingan.

Uy-joyga va yеrga doir sohada kеlib tushgan murojaatlarda esa, fuqarolar o‘rtasidagi o‘zora еrga va uy-joyga oid da’volar haqida bayon qilingan.

Yuqoridagilarni inobatga olib, kеlgusida mazkur sohadagi murojaatlarni sonini yanada kamaytirish maqsadida:

kelgusida shikoyatlar ko‘paygan sohalarni ish-rejalarga kiritish yoki monitoring asosida o‘rganishlarni tashkil etish;

murojaatlar ko‘paygan sohalarga mas’ul bo‘lgan Respublika idora rahbarlari va xodimlari ishtirokida sayyor qabullar tashkil etish, xususan oldagi vaqtlari sayyor qabullar grafigini sektorlar kesimida ishlab chiqilishiga, shuningdek, o‘tkaziladigan sayyor qabullarning samaradorligiga, mehnat jamoatlarida o‘tkazilishiga alohida e’tibor qaratish;

murojaatlarning qanoatlandirish darajasini keskin oshirishga hamda har chorak yakuni bilan murojaatlarning umumlashtirilishiga, umumlashtirish natijasida tegishli choralar ko‘rilishiga jiddiy e’tibor qaratilishi;

qaysi tashkilot xodimlari xatti-harakatlariga nisbatan ko‘proq shikoyatlar kelib tushgan bo‘lsa, mazkur tashkilotlarda huquqiy targ‘ibot tadbirlarini o‘tkazish yoki uning yuqori turuvchisiga taqdimnoma, ogohnoma kiritish yoki taklif va tavsiyalar yuborish maqsadga muvofiq hisoblanadi.

 


Рўйҳатга қайтиш