Янгиликлар
26
Adliya xabari
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining navbatdagi o‘n to‘rtinchi sessiyasida fuqarolarning yer uchastkasiga bo‘lgan ijara huquqini hamda unda qurilgan bino va inshootga bo'lgan mulk huquqini eʼtirof etish masalasi ko‘rib chiqildi.
Mazkur sessiyada Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha jami 18 293 nafar fuqaroning yer va mulkka bo‘lgan huquqlarini e’tirof etish bo‘yicha qaror qabul qilindi.
Ma’lumot uchun, “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida”gi qonun ijrosi bo‘yicha shu kunga qadar Qoraqalpog‘iston Respublikasida jami 29 841 nafar fuqaroning yer va mulkka bo‘lgan huquqlari e’tirof etildi.
Shuningdek, mazkur sessiyada vakolatli davlat organlari va tashkilotlari tomonidan jismoniy hamda yuridik shaxslarga davlat xizmatlarini ko‘rsatishda aniqlangan qonunbuzilish holatlari va kelgusida bu kabi holatlarga yo‘l qo‘ymaslik masalasi ham muhokama qilindi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligining
Huquqni qo‘llash amaliyotini o‘rganish va metodik ta’minlash
sho‘basi bosh maslahatchisi M.Hayitboyev