Янгиликлар
12
Mualliflik huquqi buzilganligi yuzasidan kelib tushgan murojaat mediativ yo ‘l bilan hal qilindi
Sh.Xamdamov tomonidan marhum san’atkor Bobomurod Xamdamovdan meros bo‘lib qolgan “Ko‘rdim yuzingni – devona bo‘ldim” nomli musiqiy asarlarning uning ruxsatisiz S.R tomonidan ijro etilgani yuzasidan huquqiy chora ko‘rishni so‘rab qilingan murojaat Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan o‘rganilib chiqildi.
Vazirlik tomonidan, murojaatni ko‘rib chiqish davomida tomonlarning vajlarini o‘rganib, yuzaga kelayotgan fuqaroviy-huquqiy nizolarni amaldagi qonunchilik doirasida ixtiyoriy ravishda mediativ kelishuv asosida hal qilish huquqlari mavjudligi tushuntirildi.
Shuning natijasida tomonlarga berilgan huquqiy tushuntirishlarga asosan taraflar o‘rtasida ixtiyoriy ravishda intellektual mukl sohasida yuzaga kelgan fuqaroviy-huquqiy nizo professional mediator M.Karimbayevni jalb qilgan holda joriy yilning 23-sentyabr sanasida rasmiylashtirilgan mediativ kelishuv asosida hal qilindi.
Hurmatli ijod vakillari! Mualliflik huquqingiz buzilganda Adliya vazirligining “1008” ishonch telefoni orqali xabar berishingiz yoki info@adliya.uz elektron pochta manzili orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz!
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi
Intellektual mulk huquqlarini himoya qilish
sho‘basi boshlig‘i R.Dushanov