Янгиликлар
21
Kadastr pasportini rasmiylashtirish qanday hollarda bepul amalga oshiriladi?
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 2-sentabrdagi 535-son qarori 22-bandida koʻrsatilgan. Bular:
koʻchmas mulk obyekti boʻyicha birlamchi kadastr yigʻmajildi (pasporti) mavjud boʻlib, begonalashtirilganda yoki obyektda oʻzgarishlar (rekonstruksiya, qoʻshimcha va alohida qurilish) mavjud boʻlmaganda;
koʻchmas mulk obyektining bir qismi begonalashtirilganda obyektning qolgan qismiga yoki rekonstruksiyasiz foydalanish maqsadi oʻzgarganda;
yer uchastkasidan ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turi belgilanganda yoki oʻzgarganda;
koʻchmas mulk obyektining ixtisoslashishi rekonstruksiyasiz oʻzgartirilganda (kadastr pasportini rasmiylashtirish hamda ixtisoslashtirilgan obyektdagi xonalarning foydalanish maqsadini belgilash qurilish organi tomonidan tasdiqlangan ruxsatnoma va eskiz loyihasi asosida amalga oshiriladi.);
kadastr yigʻmajildi (pasporti) yoʻqolganda (yaroqsiz holga kelganda va koʻchmas mulk obyekti koʻrsatkichlari oʻzgartirilmasdan).
Ushbu hollarda kadastr pasporti uch ish kuni mobaynida rasmiylashtiriladi.
Qo'ng'irot tumani adliya boʻlimi
Davlat xizmatlar markazi kata mutaxasisi I.Tursinbaev