Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

10

FHDY organlarining huquq va majburiyatlari nimalardan iborat?


O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 20-oktabrdagi 550-son «Nikoh, oila va fuqarolik holati dalolatnomalarinin qayd etish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni tizimlashtirish to`g`risida»gi Qaroriga asosan: FHDY organlari quyidagi huquqlarga ega:
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda jismoniy va yuridik shaxslardan fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlarini qayd etish uchun zarur boʻlgan maʼlumotlar va hujjatlarni talab qilib olish;
Vazirlik va hududiy adliya organlariga FHDY sohasini takomillashtirish yuzasidan takliflar kiritish;
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishgan holda Vazirlik tomonidan tasdiqlanadigan jismoniy shaxslarga koʻrsatiladigan pulli xizmatlar roʻyxatlariga muvofiq fuqarolarga pulli xizmatlar koʻrsatish.
FHDY organlari qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa huquqlarga ham ega.
FHDY organlari:
fuqarolarga oʻz huquqlarini amalga oshirishda va qonuniy manfaatlarini himoya qilishda koʻmaklashishi, ularning huquq va majburiyatlarini tushuntirib berishi;
fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish vaqtida fuqarolar tomonidan qonunchilik buzilganligi aniqlagan taqdirda, zarur chora-tadbirlar koʻrilishi uchun tegishli tashkilotlarga bu haqda xabar qilishi;
qonun hujjatlariga zid boʻlgan fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlarini qayd etishni rad qilishi;
arxiv fondini yuritishi va saqlashi;
Vazirlik va hududiy adliya organlarining topshiriqlarini bajarishi va ularga FHDY organlari faoliyatiga oid masalalar yuzasidan maʼlumotlar taqdim qilishi;
FHDY organlarining faoliyati yuzasidan belgilangan tartibda Vazirlik va hududiy adliya organlariga hisobot berishi shart.
FHDY organlariga qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham yuklanishi mumkin.


Qo`ng`irot tumani adliya bo`limi
FHDY bo`limi 1-toifali inspektori                                                A.Allashukirova