Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

30

Mehnat ta’tilidan foydalanishning huquqiy tartibi


Mehnat ta’tili xodimning dam olishi va mehnat qobiliyatini tiklashi uchun qonunchilikda kafolatlangan muhim huquqlardan biridir. Xodimga yillik mehnat ta’tilining berilishi uning mehnat huquqlarini ta’minlashning muhim shakli hisoblanadi.Mehnat ta’tilidan foydalanish tartibi mehnat qonunchiligi bilan belgilanadi. Ish beruvchi xodimga qonunda nazarda tutilgan ta’tilni berishi, tegishli to‘lovlarni o‘z vaqtida amalga oshirishi hamda xodimning dam olish huquqini ta’minlashi lozim.
Bu masala inson qadrini ulug‘lash va xodimning qonuniy manfaatlarini himoya qilish tamoyillari bilan chambarchas bog‘liq. Prezident Shavkat Mirziyoyev 2025-yil 17-oktabr kuni kasaba uyushmalari faollari bilan uchrashuvdagi nutqida “Inson mehnati, uning qadr-qimmati qanday bebaho boylik ekanini” alohida ta’kidlagan.Shuningdek, Prezident tomonidan inson huquq va erkinliklarini ta’minlash, mehnatni muhofaza qilish va kafolatlangan ijtimoiy himoya bo‘yicha mustahkam huquqiy asoslar yaratilgani qayd etilgan.
Shu nuqtai nazardan, mehnat ta’tili nafaqat xodimning dam olish imkoniyati, balki uning mehnat huquqlarini amalda ta’minlovchi huquqiy kafolat sifatida ham namoyon bo‘ladi. Xodim ta’tilga chiqish huquqi buzilgan taqdirda, qonunchilikda belgilangan tartibda o‘z huquqlarini himoya qilishga haqli.


Beruniy tumani adliya bo‘limi
Yuridik xizmat ko`rsatish markazi bosh yuriskonsulti                                                A.Palwanov