Янгиликлар
30
Korrupsiyaga qarshi kurash dolzarb masala
Taraqqiyotining yangi bosqichiga qadam qo‘yayotgan O‘zbekiston uchun korrupsiyaning har qanday shakldagi ko‘rinishi islohotlar shiddatini susaytirishi bilan xavfli.Shu boisdan ham davlat rahbari Shavkat Mirziyoyev o‘z vakolatiga kirishishi bilan Prezident sifatida imzo chekkan eng birinchi hujjat “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni bo‘ldi. Ushbu qonun me’yorlarining samarali ijrosini ta’minlash, jamiyat va davlat hayotining barcha sohalarida korrupsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish maqsadida Prezidentning 2017-yil 2-fevraldagi qarori bilan “2017–2018-yillarga mo‘ljallangan korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha davlat dasturi” qabul qilindi. Dastur doirasida bir qator qonun loyihalari ishlab chiqildi, mavjudlari inventarizatsiyadan o‘tkazildi. Umuman olganda, so‘nggi yillarda qilingan ishlar tahlili aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirishga, jamiyatda korrupsiyaga murosasiz munosabatni shakllantirishga yo‘naltirilgan tizimli choralar ko‘rilganini ko‘rsatib turibdi.
Islohotlarni amalga oshirish doirasida fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyati ochiqligini, jamoat va parlament nazoratini ta’minlash mexanizmlari takomillashtirildi, shuningdek, huquqni muhofaza qilish va sud organlari faoliyatining huquqiy asoslari isloh qilindi.Korrupsiyaga qarshi kurash dunyo miqyosida bugungi kunning eng dolzarb masalalaridan biri bo‘lib qolmoqda. Bu illatga qarshi kurash dunyoning ko‘plab mamlakatlarini qamrab olmoqda. O‘zbekiston Respublikasi ham korrupsiyaga qarshi kurashga o‘z hissasini qo‘shib kelmoqda. Hozirgi paytda respublikamizda korrupsiyaga qarshi kurash doirasida bir qator dasturlar qabul qilindi va ular bo‘yicha keng qamrovli ishlar amalga oshirilib kelinmoqda.
2019-yil 9-yanvardagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 5618-sonli “Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish tizimini tubdan takomillashtirish to‘g‘risida”gi Farmoni yuzasidan respublikamizning barcha mintaqalarida Farmonda nazarda tutilgan boshqa dolzarb vazifalar qatori korrupsiyaga qarshi kurashishda aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish masalalarida ma’ruzalar qilinib kelinmoqda.
Ayniqsa, Xojayli tumanida bo‘ylab FHDY xodimlari bilan birgalikda korrupsiyaga qarshi kurashish borasidagi chora-tadbirlarda qatnashib kelinmoqda. Shuningdek, FHDYoga murojaat qilgan har bir fuqaro bilan yaxshi munosabatda bo‘lib, korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot ishlari olib borilmoqda.
FHDY organlaridagi xizmatlarni ham fuqarolar o‘zlari elektron gadjetlar va mobil telefonlari orqali amalga oshirib kelmoqda. Bunday yangi uslublar fuqarolar uchun ancha qulaylik yaratib, vaqtdan unumli foydalanish imkonini bermoqda.
Xo‘jayli tumani adliya bo‘limi
FHDY bo‘limi mudirasi Saginidikova A.J.