Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

29

O‘zbekistonda pensiya sohasidagi qonunchilikdagi yangi o‘zgarishlar


O‘zbekistonda pensiya ta’minoti tizimini takomillashtirish va fuqarolarning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish yo‘nalishida 2026-yilda qator muhim o‘zgarishlar amalga oshirildi. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 23-iyundagi PF-115-son Farmoniga muvofiq, 2026-yil 1-iyuldan pensiyalar va nafaqalar miqdori 7 foizga oshirildi. Natijada yoshga doir eng kam pensiya oyiga 983 ming so‘m, pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori 504 ming so‘m, nogironlik pensiyalarining eng kam miqdori esa 1 mln 83 ming so‘m etib belgilandi.
Pensiya tizimidagi yana bir muhim yangilik — pensiya to‘lovlarini ijtimoiy karta orqali olish imkoniyatining kengaytirilishidir. Amaldagi tartibga ko‘ra, 2026-yil 1-dekabrdan boshlab yoshga doir, nogironlik hamda boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasini oluvchilarga o‘z xohishiga ko‘ra pensiyalarini ijtimoiy karta orqali olish huquqi beriladi. Mazkur mexanizm pensiya to‘lovlarini zamonaviy raqamli xizmatlar bilan integratsiya qilish va fuqarolarga to‘lovlarni olishning qulay shakllarini taqdim etishga qaratilgan.
Shuningdek, 2026-yil iyul oyida pensiya tizimini uzoq muddatli isloh qilish bo‘yicha takliflar ham ko‘rib chiqildi. Jumladan, jamg‘arib boriladigan pensiya tizimini rivojlantirish, fuqarolarning shaxsiy pensiya jamg‘armalarini shakllantirishda davlat ishtirokini kuchaytirish hamda pensiya daromadlarining qo‘shimcha manbalarini yaratish bo‘yicha takliflar ilgari surildi.
Bundan tashqari, 2026-yil sentyabr oyida Pensiya jamg‘armasi tomonidan pensiya jamg‘arish tizimini yanada rivojlantirishga qaratilgan yangi mexanizmlar taklif qilindi. Ulardan biri — fuqaroning ixtiyoriy pensiya jamg‘armalariga davlat tomonidan qo‘shimcha mablag‘ qo‘shib borish mexanizmini joriy etishdir. Biroq ushbu mexanizmlar hozircha taklif sifatida bildirilgan bo‘lib, ularni amaldagi qonunchilikdagi qat’iy huquqiy norma sifatida baholash uchun tegishli normativ-huquqiy hujjat qabul qilinishi zarur.

Beruniy tuman adliya bo’limi bosh maslahatchisi                                      Sh.Ismailov