Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

30

Bank plastik kartalariga my.gov.uz sayti orqali buyurtma berish mumkin ekanligidan xabardormisiz?


Bank plastik kartasini olish uchun har doim ham bank filialiga borish shart emas. Ayrim banklarning plastik kartalariga my.gov.uz portali orqali onlayn buyurtma berish mumkin. Buning uchun Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga kirib, “Bank plastik kartalarini buyurtma qilish” xizmatidan foydalanish kifoya.
Xizmatdan foydalanish jarayoni oddiy. Foydalanuvchi portalga kirib, tizimdan avtorizatsiyadan o‘tadi, kerakli karta turini tanlaydi va elektron arizani yuboradi. Bunda qo‘shimcha hujjatlar talab etilmaydi. Buyurtma qilingan kartaga qarab, virtual karta avtomatik tarzda rasmiylashtirilishi mumkin. Jismoniy plastik kartani esa bank ofisidan olib ketish yoki pochta orqali manzilga yetkazib berish imkoniyati mavjud. Kartaning narxi tegishli tijorat banki tomonidan belgilanadi.
Bundan tashqari, Prezidentning 2026-yil 15-iyuldagi “Aholiga ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlarini takomillashtirish hamda fuqarolar uchun qo‘shimcha qulayliklar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 265-son qarorida bank kartalari bilan bog‘liq xizmatlarni yanada raqamlashtirishga qaratilgan yangi imkoniyatlar ham belgilangan. Xususan, 2026-yil 1-oktabrdan yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali fuqaroning o‘z nomidagi bank kartalari haqidagi ma’lumotlarni ko‘rish hamda kartani bloklash bo‘yicha bankka onlayn murojaat yuborish imkoniyati yaratiladi.
Shunday qilib, bank plastik kartasini olish va karta bilan bog‘liq ayrim xizmatlardan foydalanishda yagona interaktiv davlat xizmatlari portali fuqarolar uchun qo‘shimcha qulaylik yaratmoqda.

Ellikqalʼa tuman adliya boʼlimi
Davlat xizmatlari markazi bosh mutaxassisi                              J.Allabergenov