Янгиликлар
30
Mehnat ta’tilini berish ta’rtibi
Har bir xodimga O`zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi 216-moddasiga asosan har yili dam olish va ishlash qobiliyatini tiklash uchun ish oʻrni (lavozimi) hamda oʻrtacha ish haqi saqlab qolingan holda xodim ishdan ozod qilgan, xodimga har yili ish yili davomida mehnat ta’tili beriladi. Yillik asosiy mehnat ta’tilining davomiyligi Mehnat kodeksi 217-moddasiga ko`ra kamida 21 kalendar kunni tashkil etadi.
Shuningdek Mehnat kodeski 227-moddasiga ko`ra mehnat ta’tili, odatda, xodimning ish beruvchidagi birinchi ish yili uchun 6 oy uzluksiz ishlaganidan keyin beriladi. Taraflarning kelishuviga ko‘ra, ta’til 6 oy o‘tmasdan ham berilishi mumkin. Ayrim toifadagi xodimlarga esa qonunchilikda belgilangan hollarda ta’til 6 oy o‘tmasdan beriladi.
Keyingi ish yillari uchun mehnat ta’tili ta’tillar jadvaliga muvofiq(Mehnat kodeksi 228-moddasi) beriladi. Xodim ta’til boshlanishidan kamida 15 kun oldin uning boshlanish vaqti haqida xabardor qilinishi kerak.
Ta’til davrida xodimning o‘rtacha ish haqi saqlanadi va ta’til uchun to‘lov qonunchilikda belgilangan muddatlarda amalga oshiriladi.
Beruniy tumani adliya bo`limi
Yuridik xizmat ko`rsatish markazi bosh yuristkonsulti N.Omirbekov