Янгиликлар
23
Turar joyning maydoni toʻgʻrisida maʼlumotnoma berish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 20.11.2023 yildagi 612-son Qaroriga asos jismoniy shaxslar turar joyning maydoni toʻgʻrisida maʼlumotnoma olish boʻyicha Davlat xizmatlari markazlari va Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali oladi.
Soʻrovnomada shaxsga oid quyidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi:
familiyasi, ismi va otasining ismi (oʻzgargan boʻlsa, bu haqda maʼlumotlar koʻrsatiladi)
pasport yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasi maʼlumotlari (JSH SHIR maʼlumotlari);
maʼlumotnoma tili (oʻzbek/rus);
yashash manzili;
elektron manzili (mavjud boʻlsa) va telefon raqami;
obyektning kadastr raqami.
Notarial tasdiqlangan ishonchnoma (agar ishonchli vakil tomonidan harakat qilinayotgan boʻlsa).
Xizmat haqi bepul.
Davlat xizmatini koʻrsatish muddati real vaqt rejimida.
Xoʻjayli tumani adliya boʻlimi
Davlat xizmatlar markazi bosh mutaxassisi A.Bauatdinov