Янгиликлар
28
Davlat oliy ta’lim tashkilotlariga oʻqishga kirgan va tahsil olayotgan pedagoglarning farzandlari uchun kontrakt toʻloviga chegirma joriy etilmoqda
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 17.09.2026 yildagi “Pedagoglarning Davlat oliy ta’lim tashkilotlariga o‘qishga kirgan va tehsil olayotgan farzandlarining to‘lov - kontrakt summasiga chegirma berish va ehtiyojmand oila farzandlarini zamonaviy kasblarga o‘qitish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi 501-son qarori qabul qilindi.
Mazkur qaror bilan tasdiqlangan Nizomga koʻra, 2026/2027 oʻquv yilidan boshlab davlat oliy ta’lim muassasalariga oʻqishga kirgan va tahsil olayotgan pedagoglarning farzandlariga har yili toʻlov-kontrakt summasining 30 foizi miqdorida chegirma beriladi.
Ushbu Nizom 2026/2027 o‘quv yilidan boshlab davlat, shu jumladan moliyaviy mustaqillik berilgan oliy ta’lim tashkilotlariga to‘lov kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan yoki tahsil olayotgan pedagoglar farzandlarining toʻlov-kontrakt summasiga 30 foiz miqdorida chegirma berish hamda mazkur chegirilgan mablag‘larni O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan qoplab berish tartibini belgilaydi.
Pedagog farzandlariga mazkur chegirma o‘quv yilida bir marotaba pedagog otasi yoki pedagog onasi uchun qo‘llanadi.Imtiyoz davlat oliy ta’lim muassasalarida bakalavriatning kunduzgi boʻlimida tahsil olayotgan pedagoglarning farzandlariga tatbiq etiladi. Bitta pedagogning bir nechta farzandi ta’lim olayotgan boʻlsa, chegirma ularning har biriga alohida beriladi.
Ushbu chegirma quyidagi talabalarga taqdim etilmaydi:
- oliy harbiy va harbiylashtirilgan ta’lim tashkilotlarida;
- Oʻzbekistonda faoliyat yuritayotgan хorijiy oliy ta’lim muassasalari va ularning filiallarida;
- qoʻshimcha va tabaqalashtirilgan shartnoma asosida;
- хorijiy hamkor universitetlarning qoʻshma ta’lim dasturlari va fakultetlarida;
- nodavlat oliy oʻquv yurtlarida.
Kontrakt toʻlovi shartnomasini olish uchun kontrakt.edu.uz tizimi orqali ariza topshirish lozim. Arizani koʻrib chiqish jarayonida pedagog farzandining maqomi «Raqamli hukumat» tizimining idoralararo integratsiya platformasi orqali tasdiqlanadi.
Shundan soʻng chegirma avtomatik ravishda qoʻllaniladi.
Taxiatosh tumani adliya bo‘limi
Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshlig‘i O.Babanov