Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

30

Hamshiraning murojaati o‘rganildi


Taxiatosh tumani adliya bo‘limiga “murojaat. gov. uz” platformasi orqali fuqaro A.J.Sh ish beruvchisi yillik mehnat ta’tilini bermayotgan xatti-harakatlari yuzasidan, amaliy yordam berishni so‘rab qilgan murojaati o‘rganildi.
Aniqlanishicha, fuqaro A.J.Sh Taxiatosh tumani Tibbiyot birlashmasiga qarashli ko‘p tarmoqli oilaviy poliklinikada patronaj hamshira lavozimida ishlashi 2025-2026 oralig’ida ishlagan ish yili uchun mehnat ta’tili berilmagani aniqlandi.
O‘zbekiston Respublikasi mehnat kodeks 228-modddasida ikkinchi va keyingi ish yillari uchun har yilgi mehnat taʼtili ish beruvchi va xodim uchun majburiy boʻlgan taʼtillar jadvali bilan belgilanadigan har yilgi mehnat taʼtillarini berish navbatiga muvofiq beriladi  deyilgan.
Taʼtillar jadvali kalendar yil boshlanguniga qadar ish beruvchi tomonidan kasaba uyushmasi qoʻmitasi bilan kelishuvga koʻra tasdiqlanadi.
Xodim har yilgi mehnat taʼtili beriladigan vaqt toʻgʻrisida taʼtil boshlanishidan kamida oʻn besh kun oldin xabardor qilinishi kerak deyilgan.
Mazkur holat yuzasidan tuman adliya bo‘limi va Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi tomonidan o‘rganildi, va xodimga mehnat ta’tilini berishda mehnat qonunchiligida berilgan imtiyozlarga rioya qilgan holda o‘tkazish yuzasidan taqdimnoma chiqarildi va xodimning murojaat arizasi qanoatlantirildi.
Fuqaro A.J.Sh murojaati ijobiy hal qilindi.

Taxiatosh tumani adliya bo‘limi
Yuridik xizmat ko‘rsatish makazi boshlig‘i                                            O.Babanov