Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

30

Kasbiy ta’lim tashkilotlari direktorlari va direktor oʻrinbosarlarini menejerlik oʻquv kurslarida oʻqitish va ularga menejerlik sertifikatini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi


O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 20-avgust 2026-yilda “Kasbiy taʼlim tizimi boshqaruv va pedagog kadrlarini kasbiy rivojlantirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 451-sonli qarori qabul qilindi.
Mazkur qaror bilan bilan kasbiy ta’lim tashkilotlari direktorlari va direktor oʻrinbosarlarini menejerlik oʻquv kurslarida oʻqitish va ularga menejerlik sertifikatini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.
Ushbu Nizom kasbiy taʼlim tashkilotlari (keyingi oʻrinlarda — texnikum) direktorlari va direktor oʻrinbosarlarini menejerlik oʻquv kurslarida oʻqitish va ularga menejerlik sertifikatini berish tartibini belgilaydi.
Texnikumlarda faoliyat yuritayotgan direktorlar va direktor oʻrinbosarlari ushbu Nizom talablariga muvofiq menejerlik sertifikatini oladilar.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Kasbiy taʼlim tizimida islohotlarni amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2025-yil 23-oktabrdagi PQ-316-son qaroriga muvofiq:
-umumtaʼlim fanlari oʻqituvchilarining malakasi A. Avloniy nomidagi Pedagogik mahorat milliy instituti va hududiy pedagogik mahorat markazlarida oshiriladi;
- maxsus fan oʻqituvchilarining malakasi oliy taʼlim tashkilotlarida, ishlab chiqarish taʼlimi ustalarining malakasi hududiy ilgʻor kasbiy mahorat texnikumlari va belgilangan tartibda tegishli soha boʻyicha malaka oshirish faoliyati bilan shugʻullanish huquqiga ega tashkilotlarda oshiriladi.
- 2026/2027 oʻquv yilidan boshlab menejerlik sertifikati asosida kasbiy taʼlim tashkilotlari direktoriga mos ravishda lavozim maoshining 50 foizi va uning oʻrinbosarlariga 30 foizi miqdorida har oylik ustama berish orqali ragʻbatlantirish tizimi joriy etiladi.

Taxiatosh tumani adliya bo‘limi
Yuridik xzmat ko‘rsatish markazi boshlig‘i                                        O.Babanov