Янгиликлар
21
Milliy gvardiyaga xizmatga kirish uchun arizani endi onlayn berish mumkin
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi safida kontrakt boʻyicha harbiy xizmatni oʻtash yoki maxsus unvonli xodimlar lavozimiga xizmatga kirish istagida boʻlgan fuqarolar uchun qulay imkoniyat yaratildi.
Endilikda arizalarni my.gov.uz portali orqali masofadan turib topshirish mumkin!
Xizmatdan foydalanish uchun:
1️.my.gov.uz portalida avtorizatsiyadan oʻtib, soʻrovnomani toʻldiring;
2️.Milliy gvardiya masʼul xodimlari maʼlumotlarni koʻrib chiqib, nomzodni saralash bosqichlariga yoʻnaltiradi;
3️.15 ish kuni ichida saralash tadbirlariga ruxsat berilgani yoki sababi koʻrsatilgan holda rad etilgani haqida bildirishnoma keladi;
4.Dastlabki oʻrganishdan muvaffaqiyatli oʻtgan nomzodlar belgilangan joyda amaliy va jismoniy sinovlarni topshiradilar.
Taqdim etilishi kerak boʻlgan hujjatlar:
Yashash joyidagi poliklinikadan sogʻliq holati toʻgʻrisida maʼlumotnoma;
Sport sohasidagi yutuqlar, xorijiy tillarni bilish, IT-kurslar hamda “Vatanparvar” tashkiloti sertifikatlari (mavjud boʻlgan taqdirda).
Amudaryo tumani adliya boʻlimi
Davlat xizmatlari markazi katta mutaxassisi A.Tursunboyev