Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

21

O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligidagi yangi o‘zgarishlar


O‘zbekistonda fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlarini ta’minlashga qaratilgan qonunchilik bazasi izchil takomillashtirilmoqda. 2026-yil sentabr oyida ijtimoiy himoya, elektron tijorat va sud tizimiga oid bir qator muhim normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilindi.
Jumladan, 2026-yil 10-sentabrdagi O‘RQ-1173-son Qonun bilan elektron tijorat sohasiga oid qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritildi. Mazkur hujjat orqali transchegaraviy elektron tijorat, elektron savdo platformalari, buyurtmalar agregatori hamda raqamli mahsulotlar eksport-importining huquqiy asoslari takomillashtirildi. Qonun 2026-yil 12-dekabrdan kuchga kiradi.
Shuningdek, 2026-yil 11-sentabrdagi O‘RQ-1174-son Qonun bilan bolalarni ijtimoiy himoya qilish tizimiga oid normalar kuchaytirildi. Jumladan, voyaga yetmaganlarga nisbatan jismoniy zo‘ravonlik, kamsitish yoki xo‘rlash holatlari uchun ma’muriy javobgarlik belgilandi.
Bundan tashqari, shu sanada qabul qilingan O‘RQ-1177-son “Sud hokimiyati organlari faoliyatini moliyalashtirish to‘g‘risida”gi Qonun sudlar faoliyatini moliyalashtirish tartibini alohida qonun bilan tartibga soldi. Unga ko‘ra, sudlar faoliyatini moliyalashtirish O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjetidan amalga oshiriladi.
Mazkur o‘zgarishlar turli sohalardagi huquqiy munosabatlarni aniq tartibga solish va qonunchilikni zamonaviy talablar asosida takomillashtirishga qaratilgan.

Amudaryo tumani adliya bo‘limi boshlig‘i                                                 M.Sadikov