Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

21

Elektron davlat xizmatlarida qoʻshimcha qulaylik yaratildi


Yangi Oʻzbekistonda “inson uchun” tamoyili asosida inson huquqlari ustuvorligini taʼminlash, davlat xizmatlarini koʻrsatishni yanada yaxshilash orqali fuqarolarning ovoragarchiligini kamaytirish va ularga qoʻshimcha qulayliklar yaratish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 15.07.2026 yildagi PQ-265-son Qarori qabul qilindi.
    Mazkur Qarorga muvofiq 2026-yil 1-oktabrdan boshlab Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida quyidagi xizmatlar joriy etildi:
•    jismoniy va yuridik shaxslarga oʻziga mulk huquqi asosida tegishli boʻlgan koʻchmas mulk obyektlari va avtomototransport vositalarini garovga yoki ipotekaga qoʻyishga, shuningdek, ularni begonalashtirishga ta’qiq qoʻyish yoki uni bekor qilish. Bunda ta’qiq jismoniy shaxslar tomonidan Face-ID vositasida identifikatsiyadan oʻtgan holda, yuridik shaxslar tomonidan esa ularning muassislari (ishtirokchilari, aksiyadorlari) umumiy yigʻilishining qarori asosida elektron raqamli imzo orqali qoʻyiladi;
•    fuqarolarning oʻz nomiga rasmiylashtirilgan va foydalanilayotgan telefon raqamlari va bank kartalari toʻgʻrisida maʼlumot olish va ushbu jarayonni boshqarishning quyidagi imkoniyatlarini yaratish:
•    telefon raqamini muayyan muddatga nofaol holatga oʻtkazish (faollashtirish) va oʻzi foydalanmayotgan telefon raqamlariga xizmat koʻrsatishni toʻxtatish haqida arizalar kiritish;
•    telefon raqami ulangan pulli xizmatlar haqida maʼlumot olish;
•    bank kartalarini bloklash (yopish) haqida emitentga arizalar yuborish;
•    fuqaroning nomiga yangi notarial harakat rasmiylashtirilganda avtomatik tarzda uni Yagona portal orqali xabardor qilish va ular hisobini yuritish.
    Shuningdek, Qaror bilan proaktiv davlat xizmatlari koʻrsatish kengaytirilmoqda. Jumladan, 2026-yil 1-oktabrdan boshlab, jismoniy shaxsning familiyasi, ismi va otasining ismi, tugʻilgan sanasi kabi birlamchi maʼlumotlari oʻzgarganda oʻzida ushbu maʼlumotlarni aks ettiruvchi davlat organlariga tegishli axborot tizimlaridagi maʼlumotlarga avtomatik tarzda idoralararo elektron hamkorlik yoʻli bilan oʻzgartirishlar kiritish amaliyoti yoʻlga qoʻyiladi. Bunda, birlamchi maʼlumotlarni oʻzgartirgan adliya organi bu haqda “Elektron hukumat” tizimining idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali ushbu maʼlumotlar bilan ishlovchi davlat organlariga xabarnomalar taqdim etadi va tegishli elektron shakldagi hujjatlarga fuqarolarning qoʻshimcha arizalarisiz oʻzgartirish kiritadi, jismoniy shaxsga Yagona portal orqali uning birlamchi maʼlumotlari oʻzgarganligi haqida real vaqt rejimida maʼlumotnoma beriladi, jismoniy shaxsning birlamchi maʼlumotlari oʻzgarganligi haqidagi maʼlumotnoma asosida shaxsni tasdiqlovchi hujjatlar qayta rasmiylashtirib beriladi.

        
Amudaryo tumani adliya bo’limi
Davlat xizmatlari markazi bo’lim boshlig’i                                       U.Saparbayeva