Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

18

Amudaryo tumani Davlat xizmatlari markazi – aholiga qulay va sifatli xizmatlar maskani


Bugungi kunda fuqarolar va tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlarini tezkor, shaffof va qulay tarzda ko‘rsatish davlat boshqaruvidagi muhim yo‘nalishlardan biri hisoblanadi. Shu maqsadda faoliyat yuritayotgan Amudaryo tumani Davlat xizmatlari markazi aholining turli ehtiyojlarini qondirish, ortiqcha byurokratik to‘siqlarni bartaraf etish hamda davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirishda muhim o‘rin tutmoqda.
Markazda jismoniy va yuridik shaxslarga ko‘plab davlat xizmatlari “yagona darcha” tamoyili asosida taqdim etiladi. Bunday tizim fuqarolarning bir nechta tashkilotlarga murojaat qilish zaruratini kamaytirib, vaqt va mablag‘ tejalishiga xizmat qilmoqda. Davlat xizmatlari markazlari faoliyatining asosiy maqsadi – aholiga sifatli xizmat ko‘rsatish, hujjatlarni rasmiylashtirish jarayonlarini soddalashtirish hamda davlat organlari bilan fuqarolar o‘rtasidagi munosabatlarda ochiqlik va shaffoflikni ta’minlashdan iborat.
Amudaryo tumani Davlat xizmatlari markazi zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida faoliyat yuritib, xizmatlardan foydalanish jarayonini yanada qulaylashtirmoqda. Markazda elektron navbat tizimi, maslahat berish xizmatlari hamda fuqarolarga zarur hujjatlarni rasmiylashtirish bo‘yicha amaliy ko‘mak ko‘rsatish yo‘lga qo‘yilgan. Bu esa murojaatchilarning vaqtini tejash va xizmat ko‘rsatish sifatini oshirishga xizmat qilmoqda.
Bugungi kunda mamlakatimizdagi Davlat xizmatlari markazlari orqali yuzlab turdagi xizmatlar ko‘rsatilmoqda. Fuqarolar tadbirkorlik subyektlarini ro‘yxatdan o‘tkazish, kadastr, arxiv, notarial va boshqa ko‘plab yo‘nalishlardagi xizmatlardan bir joyning o‘zida foydalanish imkoniyatiga ega. Davlat xizmatlari markazlari tizimi yildan-yilga takomillashib, xizmatlar soni va sifati oshib bormoqda.
Amudaryo tumani Davlat xizmatlari markazi tuman aholisi uchun qulay hududda joylashgan bo‘lib, fuqarolarga sifatli xizmat ko‘rsatishni o‘zining ustuvor vazifasi deb biladi. Markaz manzili: Amudaryo tumani, Gurlan ko‘chasi, 106-uy.
Kelgusida ham markaz tomonidan davlat xizmatlarini raqamlashtirish, xizmat ko‘rsatish sifatini yanada oshirish va aholining davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish borasidagi ishlar izchil davom ettiriladi. Bu esa fuqarolarning davlat idoralariga bo‘lgan ishonchini mustahkamlash va xalq manfaatlariga xizmat qiluvchi zamonaviy boshqaruv tizimini rivojlantirishga xizmat qiladi.

Amudaryo tumani adliya bo'limi
Davlat xizmatlar markazi bo’lim boshlig’i                                                                 J.Xudoyberganov