Янгиликлар
18
Adliya yordami bilan fuqaroga 4 oy davomida to‘lab berilmay kelayotgan oylik ish haqlari undirib berildi
Amudaryo tumani Adliya bo‘limi tomonidan fuqaro Karimov Odilbekning 4 oy davomida to‘lab berilmay kelayotgan oylik ish haqlarini undirishda amaliy yordam so‘rab qilgan murojaati o‘rganib chiqildi. Fuqaro o‘z murojaatida Amudaryo tumani 69-sonli umumta’lim maktabida psixolog lavozimida ishlashini, 4 oydan beri unga maktab direktori v.v.b. lavozimi yuklanganligi, lekin bu qo‘shimcha vazifa uchun ish haqi to‘lanmayotganligi haqida keltirgan.
O‘rganishlar natijasida haqiqatdan ham fuqaroga qo‘shimcha vazifa sifatida yuklangan maktab direktori v.v.b. lavozimini bajarayotganligi uchun qo‘shimcha ish haqi to‘lanmaganligi aniqlangan. Aniqlangan huquqbuzarlik holatini bartaraf etish uchun tashkilotning yuqori turuvchi tashkilotiga qonunbuzilish holatlarini bartaraf etish va uni keltirib chiqaruvchi holatlarning oldini olish bo‘yicha taqdimnoma kiritildi. Taqdimnoma natijasida xodimga to‘lanishi lozim bo‘lgan to‘lovlar to‘liqligicha undirib berildi.
Amudaryo tumani adliya bo‘limi
bosh maslahatchisi S.Hayitboyev