Янгиликлар
10
Pensiya miqdori oshirilishi ta’minlandi
Bo‘zatov tumani adliya bo‘limi boshlig‘i tomonidan tumandagi Ko‘k suv ovul fuqarolar yig‘inida o‘tkazilgan sayyor qabuldamazkur hududda istiqomat qiluvchi fuqaro N.Uspanov pensiya tayinlashda 2020-2023 yillardagi mehnat stajlari qo‘shilmaganligidan norozi bo‘lib yo‘llagan murojaati belgilangan tartibda ko‘rib chiqildi.
Aniqlanishicha, fuqaro N.Uspanovga yoshga doir pensiya tayinlashda Shumanay tekstil korxonasida 2020 yil 10 iyul kunidan 2023 yil 30 noyabr kunlari oralig‘ida ishlagan davri qo‘shilmaganligi ma’lum bo‘ldi.
Bu bo‘yicha, «Yagona milliy mehnat tizimi»ga fuqaroning tegishli ma’lumotlari kiritilishi ta’minlandi.
O‘rganishlar natijalari bo‘yicha, byudjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi tuman bo‘limi boshlig‘i nomiga kiritilgan taqdimnoma natijasida N.Uspanovning umumiy mehnat staji 25 yil 2 oydan, 28 yil 5 oyga uzaytirilib, Shumanay tekstil korxonasida 2020 yil 10 iyul kunidan 2023 yil 30 noyabr kunlari oralig‘ida ishlagan davri pensiyaga qo‘shilishi va oylik pensiya miqdori oshirilishi ta’minlandi.
Bo‘zatov tumani adliya bo‘limi boshlig‘i K.Paluaniyazov