Янгиликлар
09
Adliya tashabbusi bilan hamshiraning shtat birligi qisqartirilishining oldi olindi
Bo‘zatov tumani adliya bo‘limiga, Bo‘zatov tumani tibbiyot birlashmasiga qarashli Erkindaryo OFYdagi 28-son oilaviy poliklinikaning patronaj hamshirasi Kalmuratova Gulzamira Matkarimovaning "Bo‘zatov tumani tabbiyot birlashmasi tomonidan ishlab kelayotgan shtat birligi qisqartirilganligi bo‘yicha ogohlantirish xati berilib, u bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilinishidan norozi bo‘lib" yo‘llagan shikoyat arizasi ko‘rib chiqildi.
Aniqlanishicha, fuqaro G.Kalmuratovaga tibbiyot birlashmasining 25.06.2025 yildagi 858-13-216-TB/2025-son buyrug‘i bilan farzandi bir yoshga to‘lguncha ish joyi saqlangan holda bola parvarishi ta’tili berilgan va ta’tildan lavozimiga kirishish arafasida shtat birligi qisqartirilayotganligi bo‘yicha yozma ravishda ogohlantirish xati berilgan.
Murojaatni o‘rganish jarayonida, shtat birligi qisqartirilishida aynan fuqaro G.Kalmuratovaning lavozimi ko‘rsatilmaganligi, aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish hajmidan kelib chiqib tibbiyot birlashmasining tashabbusi bilan shtat qisqartirilishi masalasi ko‘tarilganligi va bu bo‘yicha yuqori turuvchi organlarning qarori bilan tasdiqlanmaganligi aniqlandi.
Bundan tashqari, shtat qisqartirilishi bilan bog‘liq masalani xodimlar kesimida ko‘rib chiqishda Mehna kodeksining 167-moddasi talablariga rioya qilinmaganligi ma’lum bo‘ldi.
Yuqoridagilarga asosan, tuman adliya bo‘limi tomonidan, tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘i nomiga taqdimnoma kiritilishi natijasida fuqaro G.Kalmuratovaning shtat birligi qisqartirilishining oldi olinib, fuqaroning buzilayotgan huquqi himoya qilindi.
Bo‘zatov tumani adliya bo‘limi boshlig‘i K.Paluaniyazov