Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

09

Chiqindilarni to‘plash va olib chiqish bo‘yicha aholiga ko‘rsatiladigan xizmatlar uchun to‘lov intizomi mustahkamlanadi


Qonun bilan ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritildi.
Qonun bilan Fuqarolik va Uy-joy kodekslariga, “Raqobat to‘g‘risida”gi va “Elektr energetikasi to‘g‘risida”gi qonunlariga qattiq maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqish xizmatlari uchun majburiy to‘lovlar bo‘yicha qarzdorligi mavjud bo‘lgan iste’molchilar qisqa xabar (SMS) orqali xabardor qilinganidan keyin mazkur qarzdorlik bartaraf etilguniga qadar ulardan elektr energiyasi uchun to‘lovlarni qabul qilishni vaqtinchalik cheklashga qaratilgan huquqiy normalar belgilanishini nazarda tutuvchi qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritilmoqda.
Bunda qattiq maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqish xizmatlarini ko‘rsatuvchi tashkilotlar qattiq maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqish xizmatlari uchun to‘lovlarni hisob-kitob qilishning ishonchliligi hamda to‘g‘riligi uchun javobgar bo‘ladi, shuningdek mazkur talablar buzilgan hollarda, iste’molchiga yetkazilgan zararning o‘rnini qoplaydi.
Ushbu Qonun chiqindilarni to‘plash va olib chiqish bo‘yicha aholiga ko‘rsatiladigan xizmatlar uchun to‘lov intizomini mustahkamlashga hamda aholining mazkur xizmatlar bo‘yicha debitor qarzdorligini kamaytirishga xizmat qiladi.


Nukus shahri adliya bo‘limi
Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti                Z.Bayniyazova