Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

07

Xususiylashtirish va davlat mulkini ijaraga olishda imtiyozlar beriladi


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan VI ochiq muloqotida belgilangan vazifalarni amalga oshirish yuzasidan “Iqtisodiyotda davlat ishtirokini qisqartirish va xususiylashtirish jarayonlarini jadallashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni (PF–177-son, 28.08.2026 y.) qabul qilindi.
Farmonga ko‘ra, davlat aktivlari va qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan er uchastkalarini sotib olishda avans to‘lovi 15 foiz miqdorida va uni to‘lash muddati 30 kalendar kun etib belgilanadi hamda qolgan summani qonunchilikda belgilangan muddatlarda foizsiz bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyati beriladi.
Sotib olish to‘lovlari BHMining 23 000 baravaridan yuqori elektron onlayn auksion, tanlov va birja savdolarida sotilgan davlat aktivlari hamda BHMning 8 000 baravaridan yuqori qishloq xo‘jaligiga mo’ljallanmagan er uchastkalari bo‘yicha:
-100 foiz to‘lovni 6 oy davomida to‘lagan xaridorga jami summaga nisbatan 25 foiz chegirma qo‘llash;
-50 foiz to‘lovni 6 oy davomida to‘lagan xaridorga qolgan summani foizsiz 7 yil davomida bo‘lib-bo‘lib to‘lash;
-35 foiz to‘lovni 3 oy davomida to‘lagan xaridorga qolgan summani foizsiz 5 yil davomida bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyati beriladi.
Davlat aktivlari uchun to’lovning kamida 50 foizini to‘lagan xaridorlarga ularni rekonstruksiya qilish (yangidan qurish uchun buzish) va ta’mirlash huquqi beriladi.
Davlat aktivlari ochiq elektron onlayn auksion va birja savdolarida 3 oy davomida sotilmaganda ularning boshlang‘ich narxi qoldiq (balans) qiymati yoki sof aktivlari miqdoridan qat’i nazar 10 foizigacha bosqichma-bosqich 10 foizdan pasaytiriladi.
Davlat aktivlari 2 oy davomida sotilmaganda, Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga ularni lotlarga bo’lgan yoki birlashtirgan holda qayta savdoga chiqarish vakolati beriladi.



Amudaryo tumani adliya bo‘limi
Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti                                          M.Matyusupov