Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

05

Oilaviy mehmon uylari, xostellar, o‘tovli va chodirli oromgohlar faoliyatini tashkil etish


O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 27.11.2023 yildagi 622-sonli qarori  bilan Oilaviy mehmon uylari, xostellar, o'tovli va chodirli oromgohlar faoliyatini tashkil etish to'g'risidagi nizom tasdiqlandi
Oilaviy mehmon uyi – mehmon uyida uy egasining oila a'zolari bilan birga yashash tamoyili bo'yicha bir vaqtning o'zida 10 nafargacha tashrif buyuruvchilarga (turistlarga) vaqtincha yashash va (yoki) ovqatlanish bo'yicha xizmatlar ko'rsatuvchi, shuningdek, har bir yashovchi shaxsga 3 metr kvadrat hisobidan to'g'ri keladigan turar joy maydoniga ega bo'lgan xususiy uy-joy obyekti.
Nizomga ko'ra, mehmon uylari, xostellar, o'tovli va chodirli oromgohlar faoliyati ularni Turizm qo'mitasi tomonidan yuritiladigan Reestrga kiritish va Reestrdan ko'chirma berish orqali tashkil etiladi.
Bunda mehmon uyi, xostel, o'tovli va chodirli oromgoh faoliyatini tashkil etish istagini bildirgan shaxs (ariza beruvchi) davlat xizmatidan foydalanish uchun:
-    Davlat xizmatlari markaziga shaxsan o'zi kelib murojaat etadi;
-    yoki YIDXP (my.gov.uz) orqali ro'yxatdan o'tadi.
  So'rovnoma to'ldirilib, unga tegishli hujjatlar ilova qilinadi.
Mehmon uylari faoliyatini tashkil etishda tegishli sharoitlar yara tilgan bo‘lishi shart. Quyida majburiy sharoitlar ro‘yxati keltirilgan:
Tashrif buyuruvchilar uchun sanitariya-gigiyena qulayliklarini tashkil etish:
•    umumiy foydalanish uchun sanitariya-gigiyena uzeli, vanna yoki dush kabinasining mavjudligi;
•    kanalizatsiya yoki mahalliy inshootlarning mavjudligi;
•    yashash va jamoat joylarida tabiiy va sun’iy (fonarlar, shamlar va boshqa yoritish vositalaridan foydalanish hisobiga) yoritishning mavjudligi;
•    suv ta’minotining mavjudligi (suvni to‘plash uchun idishlar o‘rnatish yo‘li bilan).
Turistlar xavfsizligini ta’minlash:
•    o‘t o‘chirgichlar va tibbiyot dori kutisining mavjudligi;
•    shoshilinch yordam xizmatlarini chaqirish imkoniyati.
Tashrif buyuruvchilarning (turistlarning) qulay va yaxshi yashashlari uchun quyidagi sharoitlarni tashkil qilish:
•    tutash hududning qulay va shinam, oilaviy mehmon uyiga borish yo‘llari qattiq qoplamaga (shag‘alli, yog‘ochli) ega bo‘lishi;
•    oilaviy mehmon uyining old tomonida “Oilaviy mehmon uyi”, “Semeyniy gostevoy dom” va “Family guesthouse” so‘zlarini o‘z ichiga olgan, oilaviy mehmon uyining o‘zbek, rus va ingliz tillaridagi nomi ko‘rsatib o‘tilgan ma’lumotlar taxtasining (o‘lchami eng kamida 60 sm x 80 sm) mavjud bo‘lishi.
Oilaviy mehmon uyiga kirishda o‘zbek, rus va ingliz tillarida yozilgan quyidagi ma’lumotlar taxtasining mavjud bo‘lishi:
•    Oilaviy mehmon uylari, xostellar, o‘tovli va chodirli oromgohlar yagona reyestridan ko‘chirma nusxasi;
•    shoshilinch xizmatlarning va Turizm qo‘mitasi Call-markazining telefon raqamlari, ko‘rsatiladigan xizmatlar preyskuranti;
•    ro‘y berishi mumkin bo‘lgan tabiiy hodisalar, joylardagi xavf-xatarlar to‘g‘risida ma’lumot.

Turizm qo'mitasining hududiy bo'linmalari (vakolatli organ) hujjatlarni olgan kundan boshlab 3 ish kuni davomida ko'rib chiqadi hamda o'rganib chiqish natijasi yuzasidan dalolatnoma rasmiylashtiriladi.
Davlat xizmati bepul ko'rsatiladi.
Bundan tashqari mehmon uylarini ochmoqchi bo‘layotgan tadbirkorlar kredit mablag‘larining 30% gacha qismi qoplab beriladi, xabar bermoqda Turizm va madaniy meros vazirligi matbuot xizmati.
Kredit umumiy qiymati 5 mlrd so‘mdan, foiz stavkasi Markaziy bank asosiy stavkasining 1,5 baravaridan oshmagan bo‘lishi kerak.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 26.07.2022 yildagi 407-sonli qaroriga ko‘ra, uch yil muddatga ajratiladigan mazkur kompensatsiya Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.


Ellikqal’a tumani adliya bo‘limi
Davlat xizmatlari markazi bo‘lim boshlig‘i            A.Ababekov