Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

08

"Davlat xizmatlari – fuqarolar manfaatlari yo‘lida"


Bugungi kunda mamlakatimizda davlat xizmatlarini aholiga tezkor, qulay va shaffof tarzda ko‘rsatish borasida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Ushbu islohotlarning asosiy maqsadi fuqarolarning ortiqcha vaqt va mablag‘ sarflamasdan, zarur xizmatlardan foydalanishini ta'minlashdir.
Davlat xizmatlari markazlari orqali jismoniy va yuridik shaxslarga yuzlab turdagi xizmatlar "yagona darcha" tamoyili asosida ko‘rsatilmoqda. Tug‘ilganlikni qayd etish, nikohni ro‘yxatdan o‘tkazish, tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, kadastr, arxiv, ijtimoiy xizmatlar hamda boshqa ko‘plab xizmatlar shular jumlasidandir.
Ayniqsa, elektron davlat xizmatlarining joriy etilishi fuqarolar uchun katta qulaylik yaratmoqda. Ko‘plab xizmatlardan Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali masofadan turib foydalanish imkoniyati mavjud. Bu esa vaqtni tejash, ortiqcha ovoragarchiliklarning oldini olish va inson omilini kamaytirishga xizmat qilmoqda.
Hurmatli fuqarolar! Davlat xizmatlaridan foydalanishda faqat qonuniy yo‘llarga amal qiling, vositachilar xizmatiga murojaat qilmang. Zarur ma'lumot va huquqiy maslahatlarni Davlat xizmatlari markazlari mutaxassislaridan olishingiz mumkin.
Davlat xizmatlari tizimidagi islohotlar xalq manfaatlariga xizmat qiladi. Zero, sifatli va tezkor davlat xizmati – fuqarolarning davlat idoralariga bo‘lgan ishonchini mustahkamlashning muhim omilidir.

Beruni tumani adliya bo‘limi
Davlat xizmatlari markazi bosh mutaxasissi       F.R.Abdalov