Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

10

Asossiz hisoblangan soliq qarzdorligi hamda penyalar bekor qilindi


Bo‘limga fuqaro M.Samaev murojaat qilib, 2022 yil uchun mol-mulk solig‘i to‘langan bo‘lsa-da, soliq inspeksiyasi tomonidan 500 000 so‘m qarzdorlik va penya hisoblangan.  Fuqaro tomonidan taqdim etilgan hujjatlar o‘rganilganda, soliq to‘langanligi haqida bank to‘lov kvitansiyalari mavjudligi aniqlandi.
O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 89-moddasiga muvofiq naqd pullar byudjet tizimiga o‘tkazish uchun bank yoki aloqa bo‘limiga kiritilgan kundan e’tiboran soliq to‘lovchining soliq to‘lash bo‘yicha majburiyati bajarilgan deb hisoblanishi ko‘rsatilgan.
Kodeksning 22-moddasida soliq to‘lovchilar soliqlarni hisoblab chiqarish va to‘lash uchun zarur bo‘lgan soliq hisoboti va boshqa hujjatlarning, agar ushbu Kodeksda boshqacha nazarda tutilmagan bo‘lsa, tegishli soliqlarni to‘lash uchun belgilangan kalendar yildan keyingi uch yil davomida saqlanishini ta’minlash belgilangan.
Qonunchilikka rioya qilgan holda, murojaatchi to‘lov kvitansiyalarini saqlab qo‘ygan hamda bu masalaning uning foydasiga ijobiy hal etilishiga yordam berdi.
Adliya bo‘limining aralashuvi bilan fuqaro M.Samaevga hisoblangan asossiz soliq qarzdorligi hamda penyalar bekor qilindi.


Kegeyli tumani adliya bo’limi boshlig’i                                                                            A.Shabatov