Янгиликлар
14
2026-yil 1-iyuldan kasallik varaqasi bo‘yicha nafaqa to‘lash tartibi o‘zgaradi
2026-yil 1-iyuldan boshlab vaqtincha mehnatga layoqatsizlik (kasallik varaqasi) bo‘yicha nafaqalarni moliyalashtirishning yangi tartibi joriy etiladi.
Yangi tartib:
Dastlabki 5 kalendar kun uchun nafaqa ish beruvchi tomonidan to‘lanadi.
6-kalendar kundan boshlab nafaqa Davlat ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi.
Xodimning nafaqa olish huquqi saqlanib qoladi. Faqat nafaqani moliyalashtirish manbasi o‘zgaradi.
Yangi tartib quyidagi hujjatlar asosida joriy etiladi:
09.12.2025 yildagi O‘RQ–1101-son Oʻzbekiston Respublikasining Qonun;
03.11.2025 yildagi PF–206-son Oʻzbekiston Respublikasi Prezident Farmoni;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 17.12.2025 yildagi 796-son qarori.
Ish beruvchilarga tavsiya
Korxona va tashkilotlarga:
ichki hujjatlarni yangi talablar asosida yangilash;
kadrlar va buxgalteriya xodimlarini xabardor qilish;
nafaqalarni hisoblash va to‘lash jarayonlarini yangi tartibga moslashtirish tavsiya etiladi.
Mazkur o‘zgarish fuqarolarning ijtimoiy kafolatlarini saqlab qolgan holda, kasallik varaqasi bo‘yicha nafaqalarni moliyalashtirish tizimini yanada shaffof va samarali tashkil etishga xizmat qiladi.
To‘rtko‘l tumani adliya bo‘limi
Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti D.Allabergenov