Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

03

Tarbiyachining buzilgan huquqi tiklanib, hisobchi intizomiy jazolandi


Bo‘zatov tumani adliya bo‘limiga, Bo‘zatov tumanidagi 1-son maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachisi bo‘lib ishlovchi Kalbaeva Gulnora Orazbaevnaning "Bo‘zatov tumani maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tomonidan yillik mehnat ta’tili puli kam to‘lab berilganligidan norozi bo‘lib" yo‘llagan shikoyat arizasi ko‘rib chiqildi.
Aniqlanishicha, fuqaro G.Kalbaevaga 1-sonli maktabgacha ta’lim tashkiloti direktorining 2026 yil 8 yanvardagi 34-13-216-DMM/2026-sonli buyrug‘iga asosan 2025-2026 yillarda ishlagan kunlari hisobidan, 2026 yil 12 yanvar kunidan 2 mart kunigacha bo‘lgan oraliqda 42 kalendar kundan iborat yillik mehnat ta’tili berilgan.
Buyruqning 3-bandida tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi bosh hisobchisiga, G.Kalbaevaga tegishli to‘lovlarni amaldagi qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshirish topshirilgan.
Vaholangki, Mehnat kodeksining 233-moddasida "Har yilgi mehnat ta’tilida bo‘lgan vaqti uchun xodimga ushbu Kodeksning 257-moddasiga muvofiq hisoblanadigan o‘rtacha ish haqining saqlanishi kafolatlanadi. Har yilgi mehnat ta’tili vaqti uchun haq to‘lashda yakshanba kuni hisobga olinmaydi. Har yilgi mehnat ta’tili vaqti uchun haq to‘lash jamoa shartnomasida, ichki hujjatlarda yoki mehnat shartnomasida belgilangan muddatlarda, lekin ta’til boshlanishidan oldin oxirgi ish kunidan kechiktirmay amalga oshirilishi" belgilangan.
Shunga qaramasdan, G.Kalbaevaga tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tomonidan mehnat ta’tili puli to‘liq hisob-kitob qilinmagan.  
Mazkur holatda, Mehnat kodeksining 233-moddasi talablari bo‘zilayotganligi aniqlandi.
Yuqoridagilarga asosan, tuman adliya bo‘limi tomonidan, tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i nomiga taqdimnoma kiritilishi natijasida fuqaro G.Kalbaevaga 3 mln 631 ming so‘m miqdoridagi mehnat ta’tili puli o‘ndirib berilishi ta’minlandi, tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi hisobchisiga nisbatan intizomiy jazo chorasi qo‘llanildi va fuqaroning buzilayotgan huquqi himoya qilindi.          

Bo‘zatov tumani adliya bo‘limi boshlig‘i                 K.Paluaniyazov