Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

02

Rag‘batlantirish puli undirib berilishi ta’minlandi


Bo‘zatov tumani adliya bo‘limiga, Bo‘zatov tumanidagi "Barkamol avlod" bolalar maktabi (hozirgi "Kelajak markazi")da ishlovchi R.Jumamuratova va G.Mirzambetovalarning tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tomonidan rag‘batlantirish puli to‘lanmayotganligidan norozi bo‘lib yo‘llagan shikoyat arizasi ko‘rib chiqildi.
Aniqlanishicha, Bo‘zatov tumani maktabgacha ta’lim bo‘limiga qarashli "Barkamol avlod" bolalar maktabi (hozirgi "Kelajak" markazi) direktorining
2025-yil 5-dekabr kuni "O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining o‘ttiz uch yilligi bayrami munosabati bilan bir oylik ish haqi miqdorida rag‘batlantirish berish to‘g‘risida"gi 60-sonli buyrug‘i qabul qilingan.
Biroq, "Barkamol avlod" bolalar maktabi (hozirgi "Kelajak" markazi) direktorining 5.12.2025 yildagi "R.Jumamuratova va G.Mirzambetovalarni bir oylik ish haqi miqdorida rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi 60-sonli buyrug‘i tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga taqdim etilgan bo‘lsa-da, murojaatni o‘rganish kunigacha R.Jumamuratova va G.Mirzambetovalarga rag‘batlantirish puli to‘lab berilmagan.
Vaholangki, O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining
299-moddasi (Mehnat uchun rag‘batlantirish) 1-qismida "Ishdagi yutuqlari uchun xodimga rag‘batlantirish choralari qo‘llanilishi mumkin. Mukofotlash turlari, ularni qo‘llash tartibi jamoa kelishuvlarida, jamoa shartnomasida, ichki mehnat tartibi qoidalarida va mehnat to‘g‘risidagi boshqa huquqiy hujjatlarda hamda mehnat shartnomasida belgilanadi.
Shu asosda, tashkilotning 2025-2028 yillarga belgilangan "Jamoa shartnomasi"ning 63-bandida "Ish beruvchi kasaba uyushmasi qo‘mitasi bilan kelishilgan holda tegishli Nizomga asosan yil davomidagi har bir bayram munosabati uchun 100 foiz maosh bo‘yicha mukofot to‘laydi" deb belgilangan.
Mazkur holatda, Mehnat kodeksini va tashkilotning "Jamoa shartnomasi" talablari bo‘zilayotganligi aniqlandi.
Yuqoridagilarga asosan, tuman adliya bo‘limi tomonidan, tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i nomiga taqdimnoma kiritilishi natijasida fuqaro R.Jumamuratova va G.Mirzambetovalarga rag‘batlantirish puli o‘ndirib berilishi ta’minlandi va fuqaroning buzilayotgan huquqi himoya qilindi.          

Bo‘zatov tumani adliya bo‘limi boshlig‘i                 K.Paluaniyazov