Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

13

Maktabgacha ta’lim tashkiloti hamshirasiga ustama pullari to‘lab berildi


Qo‘ng‘irot tumani adliya bo‘limiga Qo‘ng‘irot tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli 20-sonli maktabgacha ta’lim tashkiloti (keyingi o‘rinlarda MTT) hamshirasi lavozimida ishlovchi Iskenderova Mamura Ashrbayevna ariza bilan murojaat qilib, davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida hamshira lavozimida uzluksiz ishlab kelayotgan bo‘lsa-da, ustama pullari to‘lanmasdan kelayotganligidan noroziligi tegishli tartibda o‘rganib chiqilib, quyidagilar aniqlandi.
Fuqaro M.Iskenderova 20-sonli MTT, mehnat shartnomasiga asosan hamshira lavozimiga ishga qabul qilinib va hozirgi vaqtda shu lavozimda ishlab kelmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 21-dekabrdagi 276-sonli qaroriga 2-ilova "O‘zbekiston Respublikasi davlat muassasalari tibbiyot va farmatsevtika xodimlari mehnatiga haq to‘lash tartibi va shartlari to‘g‘risida"gi Nizomning 25-bandiga asosan, shifokorlarga, o‘rta va kichik tibbiyot xodimlariga, shuningdek, sog‘liqni saqlashning barcha muassasalari farmatsevtika xodimlariga quyidagi ustamalar:
uzluksiz ish staji 5 yildan 10 yilgacha bo‘lganda - tarif stavkasining 5%i miqdorida; uzluksiz ish staji 10 yildan 15 yilgacha bo‘lganda - tarif stavkasining 10%i miqdorida; uzluksiz ish staji 15 yildan 20 yilgacha bo‘lganda - tarif stavkasining 15%i miqdorida, oliy ma’lumotga ega bo‘lgan tibbiyot hamshiralari uchun esa tarif stavkasining 20%i miqdorida; uzluksiz ish staji 20 yildan ortiq bo‘lganda - tarif stavkasining 20%i miqdorida belgilanadi, sog‘liqni saqlash muassasalarida xodimlarning mazkur Nizomning 24-bandida ko‘rsatilgan alohida toifalari bundan tashqari, oliy ma’lumotga ega bo‘lgan tibbiyot hamshiralari uchun esa tarif stavkasining 30%i miqdorida belgilangan.
Shuningdek, "O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida"gi 24.11.2025-yildagi MKQ-740-son qarorining 1-ilovasi 7-bandiga asosan Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-yanvardagi 10-son qarori bilan tasdiqlangan Nizomning 5-bandi yangi tahrirda o‘zgartirish kiritilib, Maktabgacha ta’lim tashkiloti tibbiyot xodimlariga ish haqi, ustama, qo‘shimcha to‘lovlar to‘lash belgilangan.
Biroq, murojaatni o‘rganish davomida Qo‘ng‘irot tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli 20-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida hamshira lavozimida ishlovchi Iskenderova Mamura Ashrbayevnaga yuqoridagi qarorga asosan ustama pullari to‘lanmay kelayotganligi aniqlandi.
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 13-moddasida mehnat to‘g‘risidagi boshqa huquqiy hujjatlarda xodimlar uchun mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikda belgilanganidan qo‘shimcha huquqlar va kafolatlar nazarda tutilishi mumkinligi, mehnat to‘g‘risidagi boshqa huquqiy hujjatlarga xodimning ahvolini mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikka nisbatan yomonlashtiruvchi qoidalar kiritilishiga yo‘l qo‘yilmasligi haqida belgilangan.
Lekin, tuman hududidagi 20-sonli MTT M.Iskenderova hamshira lavozimiga ishga qabul qilinib va hozirgi vaqtda ushbu lavozimda uzluksiz ishlab kelayotgan bo‘lsa-da ish stajiga qo‘shimcha ustamalar to‘lanmasdan kelingan.
Yuqoridagi qonun talablari hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-aprel kungi PQ-3666-sonli Qarori bilan tasdiqlangan "O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi to‘g‘risida"gi Nizomga asosan Qo‘ng‘irot tumani Adliya bo‘limi tomonidan Qo‘ng‘irot tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga taqdimnoma kiritilib Iskenderova Mamura Ashrbayevnaga 2026-yil yanvar oyidan to‘lanishi lozim bo‘lgan 2 007 546 so‘m 15% ish staji pullari to‘liq to‘lab berilishi ta’minlandi.

Qo‘ng‘irot tumani adliya bo‘limi
bosh maslahatchisi                                                               B.A.Sharipov