Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

10

Asossiz qo‘llanilgan intizomiy chorasi bekor qilindi


Taxtako‘pir tuman adliya bo‘limi tomonidan tumandagi "Dawir" MFY, Do‘stlik guzari ko‘chasi 8-uy 4-xonada yashovchi fuqaro Kalbaev Janabay Saylovbaevichning Taxtako‘pir tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi (keyingi o‘rinlarda - Bo‘lim deb yuritiladi) boshlig‘i tomonidan unga nisbatan qo‘llanilgan 20% miqdorida jarima intizomiy jazo chorasidan noroziligini bildirib, ushbu holatni qonunchilik asosida ko‘rib berishni so‘rab yozgan murojaati o‘rganib chiqildi.
O‘rganish davomida, fuqaro J.S.Kalbaev Bo‘limning maktablar faoliyatini muvofiqlashtirish sektori metodisti lavozimida 2020-yil 2-iyuldan buyon ishlab kelayotganligi, Bo‘lim tomonidan xizmat tekshiruvi natijasiga ko‘ra 2026-yil 21-aprel kuni qabul qilingan 211-13-189-MMTM/2026-sonli buyrug‘iga asosan Bo‘limning maktablar faoliyatini muvofiqlashtirish sektori metodisti fuqaro J.S.Kalbaevning "o‘quvchilarni bir maktabdan boshqa maktabga o‘tkazishda, umumiy o‘rta ta’lim maktablarini yangi o‘quv yiliga tayyorlash bilan bog‘liq ishlarni muvofiqlashtirish ishlarini olib borishda o‘z lavozim majburiyatlariga beparvolik bilan qarab, bajarilishi kerak bo‘lgan o‘z xizmat vazifalarini vaqtida bajarmagani" uchun unga o‘rtacha oylik ish haqining 20 foizi miqdorida jarima intizomiy jazo chorasi qo‘llanilganligi ma’lum bo‘ldi.
Taxtako‘pir tumani adliya bo‘limiga fuqaro Kalbaev Janabay Saylovbaevich o‘ziga nisbatan qo‘llanilgan 20% miqdorida jarima intizomiy jazo chorasidan noroziligini bildirib, buyruqning bekor qilinishida amaliy yordam so‘rab murojaat yo‘llagan.
Aniqlanishicha, Bo‘limning taqdim etgan ma’lumotiga asosan, o‘tkazilgan xizmat tekshiruvi natijasi bo‘yicha komissiya tomonidan tayyorlangan ma’lumotiga ko‘ra o‘quvchilarning bir maktabdan boshqa maktabga o‘tkazishda xodim J.S.Kalbayevning yo‘l qo‘yilgan intizomiy qilmishlari sodir etilgan kundan boshlab olti oydan ortiq vaqt o‘tib ketganligi, ya’ni - o‘quvchi N.Karmanbayev 2018-yili, o‘quvchi Q.Mirzaboyev 2022-2023-o‘quv yilida, o‘quvchi A.Usenova 2025-yil fevral oyida va o‘quvchilar D.Paxratdinov, J.Kudaybergenova, E.Jumaboyev, N.Tugelbayev, A.Tugelbayeva, T.Muxambetsapayevlar 2025-yil sentyabr oyida maktablariga o‘tganligi aniqlandi.
Amaldagi O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining (keyingi o‘rinlarda - Kodeks deb yuritiladi) 301-moddasida, xodim tomonidan intizomiy qilmishga yo‘l qo‘yilishi uni intizomiy javobgarlikka tortish uchun asos bo‘ladi deyilgan, intizomiy qilmish deganda esa xodim tomonidan o‘z mehnat majburiyatlarini aybli tarzda, qonunga xilof tarzda bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi (mehnat (lavozim) majburiyatlarining buzilishi) tushuniladi deb belgilangan. Kodeksning 314-moddasi ("Intizomiy jazo qo‘llash muddatlari") ikkinchi qismida esa - Intizomiy jazo intizomiy qilmish sodir etilgan kundan e’tiboran olti oydan kechiktirmay, tekshirish yoki moliya-xo‘jalik faoliyatini tekshirish yoxud auditorlik tekshiruvi natijalariga ko‘ra esa, u sodir etilgan kundan e’tiboran ikki yildan kechiktirmay qo‘llanilishi mumkinligi belgilangan.
Bundan tashqari, Kodeksning 304-moddasida - Komissiya tarkibiga tashkilotda mavjud bo‘lgan taqdirda kasaba uyushmasi qo‘mitasining a’zosi kiradi va Kodeksning 310-moddasida - Xizmat tekshiruvi natijalari to‘g‘risidagi dalolatnoma tegishli qarorni qabul qilish uchun ovoz bergan komissiya a’zolari tomonidan imzolanishi kerak - deyilgan. Biroq Xizmat tekshiruvi natijalari haqidagi aktga bo‘limning kasaba uyushmasi boshlig‘i N.Kunakbayeva tomonidan imzolanmaganligi aniqlandi.
O‘rganish natijasida, Bo‘lim tomonidan xizmat tekshiruvi natijasiga ko‘ra xodim J.S.Kalbayevga intizomiy jazo chorasini qo‘llash to‘g‘risidagi 2026-yil 21-aprel kungi 211-13-19-MMTM/2026-sonli buyrug‘i amaldagi O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 304, 305, 310 va 314-moddalari talablariga rioya qilinmasdan qabul qilinganligi aniqlandi.
Tuman adliya bo‘limining 2026-yil 2-iyun kuni Bo‘limga nisbatan kiritilgan “Qonun hujjatlarining buzilishi, ularning sabablari va bunga olib keluvchi shart-sharoitlarni bartaraf etish to‘g‘risida” taqdimnoma natijasida, xodim J.S.Kalbayevga o‘rtacha oylik ish haqining 20 foizi miqdorida jarima intizomiy jazo chorasi qo‘llash to‘g‘risidagi Bo‘limning 2026-yil 21-aprel kungi 211-13-189-MMTM/2026-sonli buyrug‘i bekor qilindi.


Taxtako‘pir tuman
adliya bo‘limi boshlig‘i                                          R.Tajibayev