Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

07

Elektron ishonchnomalarni “vakolat.uz” platformasi orqali rasmiylashtirish tartibi


Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 25-dekabrdagi 825-son qarori bilan Elektron ishonchnomalarni rasmiylashtirish, oʻzgartirish va bekor qilish, shuningdek, ishonchnomalarning reyestrini yuritish boʻyicha “Vakolat.uz” platformasi toʻgʻrisida Nizom tasdiqlangan bo’lib, ushbu Nizom jismoniy shaxslar tomonidan davlat xizmatlaridan foydalanish va davlat xizmati natijalarini olish uchun hamda yuridik shaxslar tomonidan oʻz ixtiyoriga koʻra elektron ishonchnomalarni “Vakolat.uz” platformasi orqali rasmiylashtirish, oʻzgartirish, bekor qilish va ishonchnomalarning reyestrini yuritish tartibini belgilaydi.
Mazkur Nizom qoidalari ishonchnoma asosida foydalanish mumkin boʻlgan davlat xizmatlariga nisbatan tatbiq etiladi. Platforma orqali rasmiylashtirilgan ishonchnomalar Oʻzbekiston Respublikasi hududida notarial tasdiqlangan ishonchnomalar bilan teng yuridik kuchga ega boʻladi.
Ishonchnoma jismoniy va yuridik shaxslarning xohishiga koʻra soʻrovnomada koʻrsatilgan, biroq 3 yildan oshmagan muddatga beriladi. Platformada ishonchnomalarni rasmiylashtirish, oʻzgartirish va bekor qilish bepul amalga oshiriladi. Ishonch bildiruvchi ishonchnomani rasmiylashtirish uchun “Raqamli hukumat” tizimining yagona identifikatsiya tizimi (OneID) orqali Platformada roʻyxatdan oʻtadi va soʻrovnomani toʻldiradi. Soʻrovnoma elektron raqamli imzoni yoki shaxsni biometrik identifikatsiya qilish (Face ID) texnologiyasini majburiy tartibda qoʻllash orqali tasdiqlanadi. Soʻrovnoma elektron raqamli imzoni yoki shaxsni biometrik identifikatsiya qilish (Face ID) texnologiyasini majburiy tartibda qoʻllash orqali tasdiqlanadi.
Jismoniy va yuridik shaxs boʻlgan ishonch bildiruvchi soʻrovnomada ishonchli vakilga ishonchnomada aks ettirilgan vakolatlarni amalga oshirishni boshqa shaxsga oʻtkazish huquqini koʻrsatishi mumkin. Quyidagi hollarda ishonchnoma ishonch bildiruvchi tomonidan oʻzgartirilishi mumkin:
jismoniy shaxsning familiyasi, ismi va otasining ismi oʻzgarganda;
yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli oʻzgarganda;
jismoniy shaxsning biometrik pasporti (ID-karta) maʼlumotlari oʻzgarganda;
ishonchnomaning amal qilish muddati uzaytirilganda.
Ishonchnomadagi vakolatlar hamda ishonch bildirilgan shaxslar doirasi kengaytirilganda yoki qisqartirilganda, ishonchnoma mazkur Nizomning 2-bobida belgilangan tartibda umumiy asoslarda yangidan rasmiylashtiriladi. Quyidagi hollarda ishonchnoma Platforma tomonidan avtomatik ravishda bekor qilinadi:
ishonchnomaning muddati tugaganda;
jismoniy shaxs vafot etganda;
yuridik shaxs tugatilganda.
Ishonch bildiruvchi istagan vaqtda ishonchnomani bekor qilishi, ishonchli vakil esa undan voz kechishi mumkin. Reyestr elektron shaklda yuritiladi. Reyestr ishonchnomalarni unikal raqam orqali qidirish uchun barcha uchun ochiq hisoblanadi. “Notarius” avtomatlashtirilgan axborot tizimida rasmiylashtirilgan ishonchnomalar Reyestrga avtomatik ravishda kiritiladi.


Ellikqal’a tuman adliya boʻlimi
DXM boʻlim boshligʻi                     A.Jabbarov