Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

06

Mahalla raisiga mehnat ta’tili pullari to‘lab berildi


Nukus tuman adliya bo‘limi tomonidan tuman Nukus tuman “Kerder” OFY raisi bo‘lib ishlagan Atamuratov Karamatdinning mehnat ta’tili pullari to‘lanmayotgonligi yuzasidan qilgan murojaati o‘rganib chiqildi.
O‘rganish natijasida K.Atamuratov O‘zbekiston Mahallalari uyushmasining Nukus tumani bo‘limi “Kerder” OFY raisi lavozimiga 2022-yilning 1-iyun sanasidan tayinlanganligi hamda 2026-yil 20-aprel sanasida lavozimidan bo‘shatilganligi ma’lum bo‘ldi.
Nukus tumani adliya bo‘limiga Atamuratov Karamatdin 01.06.2022-yildan 20.04.2026-yillar oralig‘ida ishlagan davri uchun oxirgi hisob-kitob pullarini to‘lab berilishini va kechiktirilgan har bir kun uchun kompensatsiya puli to‘lanishini so‘rab murojaat yo‘llagan.
Aniqlanishicha, O‘zbekiston Mahallalar uyushmasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasining bergan ma’lumotiga asosan, fuqaro K.Atamuratovga 2022-yilning 1-iyun kunidan 2023-yil 31-dekabr kuni oralig‘ida bo‘lgan davr uchun foydalanilmagan barcha asosiy va qo‘shimcha dam olish kunlar uchun 6 244 204 sum miqdorida qarzdorliklar mavjudligi tasdiqlangan hamda ushbu qarzdorlikni bartaraf etish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi mahallalar uyushmasiga mablag‘ ajratish bo‘yicha xat yuborilganligini bildirgan.
Fuqaro K.Atamuratovning adliya bo‘limiga yo‘llagan murojaatini o‘rganish jarayonida O‘zbekiston mahallalari uyushmasining 08.05.2026-yil bergan ma’lumotiga asosan fuqaro Karamatdin Atamuratovga 2022-yilning 1-iyun kunidan 2023-yilning 31-dekabr kunlari oralig‘idagi foydalanilmagan mehnat ta’tili uchun 6 244 204 sum miqdorida qarzdorlik mavjudligi aniqlandi.
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 25-moddasi 1-bandida ish beruvchi mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikka va mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarga, mehnat shartnomalari shartlariga rioya etishi shartligi belgilangan.
Mazkur kodeksning 172-moddasiga ko‘ra mehnat shartnomasi bekor qilinganda xodim bilan hisob-kitob qilinishi kerak.
Hisob-kitob xodimga oxirigacha olinmagan ish haqini, xodim tomonidan foydalanilmagan barcha asosiy va qo‘shimcha ta’tillar uchun kompensatsiyalarni, agar mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikda yoki mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarda yoxud mehnat shartnomasida boshqa to‘lovlarni to‘lash nazarda tutilgan bo‘lsa, ushbu to‘lovlarni to‘lashni o‘z ichiga oladi.
Ish beruvchi tomonidan xodimga tegishli bo‘lgan barcha summalarni to‘lash xodim bilan mehnat shartnomasi bekor qilingan kunda amalga oshiriladi.
Kodeksning 244-moddasiga ko‘ra ish beruvchining o‘z moliyaviy holatidan qat’i nazar, qonunchilikda, mehnat to‘g‘risidagi boshqa huquqiy hujjatlarda, mehnat shartnomasida belgilangan mehnatga haq to‘lash shartlariga muvofiq xodimlar tomonidan bajarilgan ish uchun haq to‘lashni amalga oshirish majburiyatini belgilab qo‘ygan.
Kodeksning 333-moddasiga muvofiq, ish beruvchi ish haqini, ta’til to‘lovlarini, mehnat shartnomasi bekor qilingandagi to‘lovlarni va (yoki) xodimga to‘lanishi lozim bo‘lgan boshqa to‘lovlarni to‘lash muddatini buzgan taqdirda, ularni to‘lash muddatidan keyingi kundan e’tiboran haqiqiy hisob-kitob qilingan kunni o‘z ichiga olgan muddatga qadar har bir kechiktirilgan kun uchun O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining o‘sha paytda amalda bo‘lgan qayta moliyalashtirish stavkasidan kelib chiqqan holda foizlar (pul kompensatsiyasi) bilan birga to‘lashi shartligi belgilangan.
Tuman adliya bo‘limining Fuqarolik ishlari bo‘yicha Nukus tumanlararo sudiga 2026-yil 1-iyun kungi kiritilgan 2/1-1-3/5-40-sonli Da’vo ariza qanoatlantirilib fuqaro Atamuratov Karamatdinning foydasiga 2022-yilning 1-iyun kunidan 2023-yilning 31-dekabr kunlari oralig‘idagi foydalanilmagan mehnat ta’tili uchun hisoblangan 6 244 204 sum miqdoridagi pul xarajatlari to‘lab berildi.


Nukus tumani adliya bo‘limi boshlig‘i                             A.Oteuliyev