Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

25

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 09.09.2025 yildagi «Notariat institutini rivojlantirish hamda sohaga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarorining mazmun-ma’nosi


Jismoniy va yuridik shaxslarning fuqarolik huquq va burchlarini belgilash, o‘zgartirish yoki bekor qilishga qaratilgan harakatlarini amalga oshirishda notariat institutining roli muhim hisoblanadi.
«Notariat to‘g‘risida»gi Qonunga asosan, O‘zbekiston Respublikasida notariat qonunlarda nazarda tutilgan notarial harakatlarni hamda ular bilan bevosita bog‘liq huquqiy va texnik tusdagi harakatlarni notariuslar tomonidan amalga oshirish yo‘li bilan jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilishni ta’minlashga da’vat etilgan huquqiy institutdir.
Keyingi yillarda notariat institutini yanada takomillashtirish, aholiga huquqiy xizmat ko‘rsatishni tubdan isloh qilish bo‘yicha bir qator amaliy ishlar qilinib, xususan, zamonaviy elektron tizimlardan foydalanish yo‘lga qo‘yilganligi sohaning ochiq va shaffofligini ta’minlashda beqiyos rol o‘ynamoqda.
Notariat institutini raqamlashtirilgan modelga o‘tkazish, notarial harakatlarni amalga oshirish jarayonlarini tubdan soddalashtirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2019 yil 9 sentabrda qabul qilingan «O‘zbekiston Respublikasida notariat tizimini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PF-5816-son Farmoni aholiga huquqiy xizmat ko‘rsatish tizimini yanada takomillashtirish va qulayliklar yaratishga xizmat qiladi.
Farmonga asosan 2020 yil 1 yanvardan xususiy notarial idoralar tashkil etilishi belgilangan bo‘lib, bu esa o‘z navbatida aholiga tezkor xizmat ko‘rsatilishiga hamda xizmatlar sifatining oshishiga olib keladi.
Shuningdek, barcha notarial idoralar notariuslarining a’zoligiga asoslangan O‘zbekiston Notarial palatasini tashkil etilishi va uning asosiy vazifalari va faoliyat yo‘nalishlari etib: notarial idoralar faoliyatini muvofiqlashtirib borish, qonun hujjatlari va huquqni qo‘llash amaliyotini takomillashtirish hamda qonun hujjatlarining bir xilda qo‘llanilishini ta’minlashga doir takliflar ishlab chiqish; nizolarning oldini oluvchi institut sifatida notariat rolini mustahkamlash, notariuslik kasbi nufuzini oshirish, shuningdek, notariuslarning kasbiy tayyorgarligi va malakasi oshirilishini hamda ularning fuqarolik javobgarligi majburiy sug‘urtalanishini tashkil etish; yagona notarial amaliyotni ta’minlash choralarini ko‘rish, notarial idoralar faoliyati to‘g‘risidagi statistik ma’lumotlarni to‘plash va o‘rganish, ijobiy ish tajribasini ommalashtirish hamda notariuslarga uslubiy yordam ko‘rsatish; aholining huquqiy bilimlari va huquqiy madaniyatini oshirishga qaratilgan huquqiy targ‘ibot tadbirlarini amalga oshirish; davlat organlari, boshqa tashkilotlar bilan munosabatlarda, sudda va boshqa hollarda notariuslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini ifodalash hamda himoya qilish; notariuslar tomonidan qonun hujjatlariga, kasb etikasi qoidalari va kasb majburiyatlariga rioya etilishi ustidan monitoringni amalga oshirish hamda ularning kasbiga loyiqligi masalasini ko‘rib chiqish haqida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari huzuridagi malaka komissiyalariga taklif kiritish belgilandi.
Farmonga asosan, mol-mulklar bilan bog‘liq bitimlarni tasdiqlashda ham bir qator talablar bekor qilinadi.
Xususan, 2020 yilning 1 yanvaridan qurilishi tugallanmagan uy-joylarni sotishda hokimliklarning ruxsati, vasiylikdagi shaxs nomidan turar joyni ijaraga (arendaga) berishda vasiylik va homiylik organining roziligi talab etilmaydi.
Bundan tashqari, 2019 yil 1 oktabrdan boshlab yaqin qarindoshlar o‘rtasida notarial tasdiqlangan avtoishonchnoma, 2020 yil 1 yanvardan boshlab korxonani ijaraga, tekin foydalanishga berish, birlamchi bozorda mol-mulkni lizingga berish va garov (ipoteka) shartnomalarini majburiy notarial tasdiqlash tartibi bekor qilinadi.
Farmonga ko‘ra 2020 yil 1 yanvardan quyidagi yangi notarial harakatlar joriy etiladi: fuqarolik-huquqiy munosabatlarda sudgacha bo‘lgan jarayonda dalillarni ta’minlash; mulkiy va meros masalalarida mediator vazifalarini bajarish; mualliflik va turdosh huquq ob’ektining taqdim etilgan vaqtini tasdiqlash.
Aholiga qulaylik yaratish maqsadida 2020 yil 1 yanvaridan ko‘chmas mulklar bo‘yicha bitimlarni notarial tasdiqlashda MIBning vakolatlariga kiradigan kommunal xizmatlar bo‘yicha qarzdorliklar haqida ma’lumotlar faqat Byuroning axborot tizimi orqali onlayn rejimda tekshiriladi.
Joriy etilishi belgilangan yangiliklardan biri agar taraflar turli hududlarda bo‘lsa, o‘sha hududdagi notarial idorada turib videokonferensaloqa orqali bitimlarni notarial tasdiqlashi mumkin bo‘ladi.
Mazkur farmon bilan aholiga huquqiy xizmat ko‘rsatishda yuqorida ko‘rsatilganlardan boshqa ham qulayliklar yaratilishi belgilangan bo‘lib, xulosa o‘rnida ushbu normativ-huquqiy hujjat notariat institutini yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qilishini ta’kidlash mumkin.

Fuqarolik ishlari bo‘yicha
Qo‘ng‘irot tumanlararo sudi sudyasi                                                        Akimniyazov Nurlibay Arafatdinovich