Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

20

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligida muhim yangilik: Yangi Jamoa shartnomasi tasdiqlandi!


Joriy yilning 20-avgust kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligida mehnat jamoasining umumiy yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda xodimlarning ijtimoiy-iqtisodiy va huquqiy manfaatlarini yanada mustahkamlashga qaratilgan muhim qarorlar qabul qilindi.

Kun tartibidagi asosiy natijalar:

2026–2028-yillar uchun yangi Jamoa shartnomasi: Barcha tuman va shahar adliya bo‘limlaridan kelib tushgan takliflar asosida takomillashtirilgan yangi jamoa shartnomasi loyihasi bir ovozdan ma’qullandi. Mazkur hujjat kelgusi 3-yil davomida tizimda mehnat qilayotgan har bir xodimning huquqlarini munosib himoya qilishda asosiy dasturilamal bo‘lib xizmat qiladi.

Kasaba uyushmasi tarkibidagi o‘zgarish: Ochiq ovoz berish natijalariga ko‘ra, hamkasbimiz Yernashov Azamat Kuatbayevich ko‘pchilik ovoz bilan vazirlik xodimlari boshlang‘ich kasaba uyushmasi qo‘mitasining yangi a’zosi etib 5-yil muddatga saylandi. Azamat Kuatbayevichni ushbu mas’uliyatli vazifa bilan tabriklaymiz va ishlariga zafarlar tilaymiz!

Shartnomada belgilangan kafolatlar va imtiyozlarning to‘liq hamda o‘z vaqtida ijro etilishi ish beruvchi hamda kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan qat’iy nazoratga olinadi.

Biz xodimlarimizning munosib mehnat sharoitlarida ishlashi va ularning kuchli ijtimoiy himoyasi yo‘lida xizmat qilishda davom etamiz!

Qoraqalpog‘iston Respublikasi
Adliya vazirligi Kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi                                                                    P.Kojametov