Янгиликлар
01
Beruniy tumani adliya boʻlimi tomonidan 2026-yil I yarim yilligi davomida amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisidagi axboroti
Beruniy tumani adliya boʻlimi tomonidan 2026-yil I yarim yilligi davomida quyidagi ishlar amalga oshirildi:
Tuman adliya boʻlimiga hisobot davrida fuqarolarning murojaatlari 141 tani tashkil etib, shundan sayyor qabulda 10 ta, mazkur murojaatlarning 131 tasi hal etilgan bo`lib, 1 tasi ko`rmasdan qoldirildi, 10 tasi ijroda, hal etilgan murojaatlarning 105 tasi (80 %) qanoatlantirildi, qolgan 26 tasiga tushuntirish berildi, taalluqliligi bo`yicha boshqa tashkilotlarga yuborilgan murojaat 3 tani tashkil qildi.
Beruniy tumani adliya boʻlimi tomonidan 11 tashkilotda 6 ta oʻrganish va 5 ta monitoringlar o’tkazilgan bo’lib, shundan, 3 ta o‘rganish va 3 ta monitoring ijtimoiy-iqtisodiy sohada huquqni qo‘llash amaliyoti sohasi, 1 ta o`rganish va 1 ta monitoring inson huquqlarini himoya qilish sohasi, 2 ta o`rganish va 5 ta monitoring davlat xizmatlari sohasiga oid bo’ldi, oʻrganish va monitoringlar davomida 180 ta qonun buzilishi holatlari aniqlandi, shuning natijasida 60 ta huquqiy ta’sir choralari qoʻllanilib, shundan 33 tasi “Qonun hujjatlarining buzilishi, ularning sodir etilishiga koʻmaklashuvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish toʻgʻrisida” taqdimnoma, 19 ta ma’muriy taklif, 8 tasi da’vo arizalarni tashkil qiladi.
Shuningdek, tuman adliya boʻlimi tomonidan fuqarolik ishlari boʻyicha sudga umumiy summasi 8 ta da’vo arizalar kiritilgan, shundan yuridik faktni belgilash bo`yicha 7 ta arizalar hamda 1 ta ma’muriy suda qarorni haqiqiy emas deb topish bo`yicha ariza kiritildi, sudning hal qiluv qaroriga asosan Byudjetdan tashqari pensiya jamg`armasi Beruniy tuman bo`limining 1 ta qarori qonunga xilof deb topilib, bo`limga majburiyat yuklatildi, sudgacha taqdimnoma asosida fuqarolarga 26 601 000 soʻm ish haqi, ustama va boshqa to`lov pullari undirib berilib, 211 nafar fuqarolarning buzilgan huquqlari tiklab berildi. Fuqarolar murojaatlari hamda o’tkazilgan o’rganishlar asosida davlat organlari va tashkilotlariga kiritilgan taqdimnomalarga binoan 2 ta xodim intizomiy javobgarlikka, 19 ta mansabdor shaxslar ma’muriy javobgarlikka tortildi.
Shuningdek, o'tkazilgan o'rganishlar va monitoringlar davomida aniqlangan qonunchilikka nomuvofiq bo'lgan 2 ta hujjat bekor qilindi va 134 ta hujjat qonunchilikka muvofiqlashtirildi.
Hisobot davrida boʻlimga Xalq deputatlari Beruniy tuman kengashining 3 ta va tuman hokimining 3 ta qaror loyihalari huquqiy ekspertizadan oʻtkazish uchun kelib tushgan bo`lib, ularning 4 tasiga ijobiy xulosalar berilgan bo`lsa, 2 tasi qonunchilikka nomuvofiqligi yuzasidan qaytarilgan.
Huquqiy targʻibot boʻyicha 1051 ta tadbir, shundan ommaviy axborot vositalari orqali 74 ta, ijtimoiy tarmoqlar orqali 236 ta, 680 ta ogʻzaki,61 ta koʻrgazmali huquqiy targʻibot tadbirlari oʻtkazildi.
Beruniy tumani adliya boʻlimi boshligʻi M.Sheripboyev