Янгиликлар
10
Fuqaroga kompensatsiya pullari undirib berildi
To‘rtko‘l tumani adliya bo‘limiga, fuqaro Yuldashev Urinbay Toxtabaevich tomonidan Oʼzbekiston Mahallalari uyushmasi To‘rtko‘l tumani bo‘limida ishlab ishdan bo‘shagani, biroq 2014-2023-yillarda mehnat taʼtiliga chiqmaganligi va mehnat shartnomasi bekor etilganidan keyin ish beruvchi tomonidan shu davlar uchun unga kompensatsiya pullari to‘lanmaganligi bayon etilgan murojaati kelib tushgan.
Mazkur murojaatni o‘rganish davrida, haqiqatdan ham fuqaro Yuldashev Urinbay Toxtabaevich bilan O‘zbekiston Mahallalari uyushmasi To‘rtko‘l tumani bo‘limining 2025-yil 30-may kuni 97-K-sonli buyrug‘i bilan mehant shartnomasi bekor qilinganligi, biroq 2024-yil 1-yanvar holatiga 01.06.2024- 31.12.2023 va 15.12.2020-13.01.2022 yillarda jami 79-oy yakuni hisob kitoblar uchun kunlar soni 138-kun hisobidan foydalanilmagan mehnat taʼtili uchun kompensatsiya to‘lovlari bo‘yicha 25 543 069 (yigirma besh million besh yuz qirq uch ming oltmish to‘qqiz) so‘m pullar to‘lab berilmasdan qarzdorlik mavjud ekanligi aniqlandi.
Vaholanki, Mehnat kodeksining 172-moddasiga ko‘ra, xodimning mehnat shartnomasi bekor qilinganda xodimga foydalanilmagan barcha asosiy va qo‘shimcha taʼtillar uchun kompensatsiya pullari to‘lab berilishi belgilangan.
Mazkur holat yuzasidan, To‘rtko‘l tumani adliya bo‘limi tomonidan Beruniy tumanlararo fuqarolik sudiga da’vo arizasi kiritiladi.
Da’vo arizasi yuzasidan 2026 yil 8-iyun kuni Beruniy tumanlararo fuqarolik sudining №2-2302-2603/6713-sonli sud buyrug‘i chiqarilib, fuqaro Yuldashev Urinboy Toxtabaevichning foydasiga ish beruvchidan foydalanilmagan mehnat ta’tillari uchun 25 543 069 (yigirma besh million besh yuz qirq uch ming oltmish to‘qqiz) so‘m kompensatsiya pullari undirib berildi.
To‘rtko‘l tumani adliya boʼlimi
Yuridik xizmat koʼrsatish markazi boshlig‘i B.Аvazmetov