Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

04

Har bir murojaatda – inson tag‘diri…


Nukus shahar adliya bo‘limiga fuqaro A.Kalimbetova murojaat qilib, o‘z murojaatida ish haqini undirish va to‘lovlar kechikishi sababli pul kompensatsiyalarini undirish bo‘yicha amaliy yordam berishni so‘ragan.
O‘rganish davomida to‘plangan hujjatlardan, fuqaro A.Kalimbetovaning O‘zbekiston Mahallalar uyushmasi Nukus shahar bo‘limining 2023-yil
7-fevraldagi 2-13-195-MNQ/2023-sonli buyrug‘iga muvofiq, “Qumbiz ovul” MFY raisi lavozimiga 2023-yil fevralda tayinlangani hamda 2025-yil 20-may sanasidagi 72-k-sonli buyrug‘iga asosan lavozimidan ozod etilgani ma’lum bo‘ldi.
Shuningdek, O‘zbekiston Mahallalari uyushmasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasining 19.11.2025-yildagi hamda 26.02.2026-yildagi O‘zbekiston Mahallalari uyushmasiga bergan xatlarida fuqaro A.Kalimbetovaga 2024-yil yanvar oyigacha bo‘lgan davr uchun foydalanilmagan barcha asosiy va qo‘shimcha dam olishlar uchun 4 084 740 so‘m miqdorida qarzdorliklar mavjudligi tasdiqlangan hamda ushbu qarzdorlikni bartaraf etish maqsadida mablag‘ ajratishda amaliy yordam so‘ralganligi ma’lum qilingan.
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 25-moddasi 1-bandida ish beruvchi mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikka va mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarga, mehnat shartnomalari shartlariga rioya etishi shartligi belgilangan.
Kodeksning 172-moddasiga ko‘ra mehnat shartnomasi bekor qilinganda xodim bilan hisob-kitob qilinishi lozimligi belgilangan.
Hisob-kitob xodimga oxirigacha olinmagan ish haqini, xodim tomonidan foydalanilmagan barcha asosiy va qo‘shimcha ta’tillar uchun kompensatsiyalarni, agar mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikda yoki mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarda yoxud mehnat shartnomasida ushbu to‘lovlarni to‘lash nazarda tutilgan bo‘lsa, ushbu to‘lovlarni to‘lashni o‘z ichiga oladi. Ish beruvchi tomonidan xodimga tegishli bo‘lgan barcha summalarni to‘lash xodim bilan mehnat shartnomasi bekor qilingan kunda amalga oshiriladi.
Kodeksning 244-moddasiga ko‘ra, ish beruvchining o‘z moliyaviy holatidan qat’i nazar, qonunchilikda, mehnat to‘g‘risidagi boshqa huquqiy hujjatlarda, mehnat shartnomasida belgilangan mehnatga haq to‘lash shartlariga muvofiq xodimlar tomonidan bajarilgan ish uchun haq to‘lashni amalga oshirish majburiyati ko‘rsatilgan.
Shu bilan birga, Kodeksning 333-moddasiga muvofiq, ish beruvchi ish haqini, ta’til to‘lovlarini, mehnat shartnomasi bekor qilingandagi to‘lovlarni va (yoki) xodimga to‘lanishi lozim bo‘lgan boshqa to‘lovlarni to‘lash muddatini buzgan taqdirda, ularni to‘lash muddatidan keyingi kundan e’tiboran haqiqiy hisob-kitob qilingan kunni o‘z ichiga olgan muddatga qadar har bir kechiktirilgan kun uchun O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining o‘sha vaqtda amalda bo‘lgan qayta moliyalashtirish stavkasidan kelib chiqqan holda foizlar (pul kompensatsiyasi) bilan birga to‘lashi shartligi belgilangan.
Xodimga to‘lanishi lozim bo‘lgan pul kompensatsiyasi miqdori O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasining o‘n foizi miqdorida belgilanadi.
Yuqoridagilarga asoslanib, Nukus shahar adliya bo‘limi tomonidan fuqaro Kalimbetova Almagul Bazarbayevnaning manfaatini ko‘zlab 2026-yil 1-may kuni 2023-yilning 7-fevral kunidan 2023-yilning 31-dekabr kunlari oralig‘idagi foydalanilmagan mehnat ta’tili uchun hisoblangan pul xarajatlarini undirish hamda Mehnat kodeksining 333-moddasiga asosan hisoblangan qarzdorlik uchun har bir kechiktirilgan kunga pul kompensatsiyasi undirish bo‘yicha fuqarolik ishlari bo‘yicha Nukus tumanlararo sudiga ariza kiritildi va ariza sudning 2026-yil
25-maydagi 2-2301-2607/11981-sonli hal qiluv qaroriga asosan 4 084 740 sum mehnat ta’tili pullari hamda 17 164 486 sum miqdoridagi kompensatsiya pullari undirilishi belgilandi.


Nukus shahar adliya bo‘limi boshlig‘i        O.Djumaniyazov