Янгиликлар
30
Adliya organlarida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha jamoatchilik fikri o'rganildi
Aholi va keng jamoatchilik fikrini o‘rganish orqali davlat tashkilotining korrupsiyaga qarshi kurashish samaradorligini baholash maqsadida joriy yilning 24-mart va 30-iyun kunlari so‘rovnoma o‘tkazildi.
Davlat tashkiloti tomonidan har yili ikki marta (yarim yillik asosda) quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha so‘rovnoma o‘tkazilishi lozim: tashkilot faoliyatida korrupsiya xavfi bo‘yicha jamoatchilik fikri; aholining ishonch darajasi; xabar berish imkoniyati, xodimlarning odob-axloq darajasi, xizmatlar sifati; korrupsiyaning oldini olish choralari samaradorligi bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish belgilangan.
Mazkur so‘rovnomada Qoraqalpog’iston Respublikasining jami 500 dan ortiq fuqarosi faol qatnashgan bo‘lib, so‘rovnoma yakuniga ko‘ra fuqarolarning Qoraqalpog’iston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatidan mamnun ekanligi, sohada korrupsiyaviy omillar mavjud emasligi ma’lum bo‘ldi.
Qoraqalpog'iston Respublikasi
Adliya vazirligi