Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

29

“Rahbar va yoshlar” uchrashuvi amalda


Adliya aralashuvi bilan “Yoshlar kuni”da bildirilgan murojaat ijobiy hal etildi.
Prezidentimizning “Yangi Oʻzbekiston yoshlari — 2030” strategiyasini tasdiqlash hamda yoshlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 20.04.2026 yildagi  PF-66-son  farmoni bilan 2026-yil 1-martdan boshlab davlat organlari va tashkilotlari hamda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlariga “Yoshlar kuni”da yoshlarni qiynab kelayotgan muammolarni aniqlash va ularni hal qilish ishlarini tashkil qilish vazifasi yuklandi.
Shu munosabat bilan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan har haftaning payshanba kuni muntazam tarizda “Rahbar va yoshlar” uchrashuvlari tashkil etilib kelinmoqda.
Mana shunday uchrashuvlarning birida A.Kengesbayeva o‘zining oliy ta’limda to‘lov kontrakt asosida o‘qishini bildirib, hozirda oilasi ijtimoiy reestrga kirishiga qaramasdan bir qancha vaqtdan berli o‘qishining to‘lov – kontrakt summasi qoplab berilmayotganligini bildirib murojaat yo‘lladi.
Vazirlik tomonidan A.Kengesbayevaning murojaati atroflicha o‘rganib chiqildi.
O‘rganishlar davomida, murojaat egasining oilasi bugungi kunda haqiqatda ijtimoiy reestrga kiritilganligi va A.Kengesbayeva yoshlar reestrida mavjud bo‘lishiga qaramasdan, talabaning to‘lov – kontrakt summasini qoplab berish yarim yildan ortiq vaqt mobaynida o‘z holiga tashlab qo‘yilganligi aniqlandi.
Adliya aralashuvi bilan joriy yilning 19-iyun kuni A.Kengesbayevaning to‘lov – kontrakt summasining bir qismi qoplab berilishi ta’minlandi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligining
sho'ba bosh maslahatchisi                                                                T.Maxamatdinov