Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

30

Mehnat huquqlaringizni bilasizmi ?


O’zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 97-moddasiga ko‘ra, ish beruvchining bandlik va ishga joylashtirish sohasidagi majburiyatlaridan biri alohida asoslarga ko‘ra mehnat shartnomasi bekor qilingan xodimlarni qayta ishga qabul qilishdan iborat.
Mazkur majburiyatning mazmuni O’zbekiston Respublikasi  Mehnat kodeksining 102-moddasida batafsil belgilangan bo‘lib, unga ko‘ra ish beruvchi Mehnat kodeksi 161-moddasi ikkinchi qismining 2-bandiga (shtatlar qisqartirilishi) asosan ilgari ishdan bo‘shatilgan xodimni, agar mehnat shartnomasi bekor qilingan kundan e’tiboran 6 oy ichida tashkilotda xodim ilgari egallagan mutaxassislik va malaka bo‘yicha bo‘sh (vakant) ish o‘rni paydo bo‘lsa, ishga qabul qilishi shart.
Sharhda ta’kidlanganidek, ushbu moddani mohiyati shundaki, ish beruvchi shtati qisqargan xodimning lavozimi qayta paydo bo‘lganida, ushbu xodimga o‘zi xabar berishi kerak.

Ellikqal’a tuman adliya bo‘limi
Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti                                S.B.Nurmaxashev