Янгиликлар
30
Bir murojaat izidan
O’zbekiston Republikasi Prezidentining 2018-yil 13-aprel kungi PQ-3666-sonli qarori bilan tasdiqlangan O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tog’risidagi Nizomning 9-bandida adliya organlari davlat, yuridik va jismoniy shaxslar manfaatlarini ko’zlab sudlarga davlat boji to’lamasdan arizalar va da’volarni kiritish huquqiga ega ekanligi belgilangan.
Ellikqal’a tumani adliya bo’limiga tumanining “Toza bog’” OFYda yashovchi fuqaro Z.Abduhakimova murojaat qilib, o’zining 2010-yilda tug’ilgan farzandiga e’tiborsizlik sababli tug’ilganlik guvohnomasi olmaganligini, hozirgi kunda farzandi 16 yoshga to’lganligini va pasport (ID-karta) olishi uchun unga tug’ilganlik haqidagi guvohnoma zarurligini bildirib, mazkur masalada amaliy yordam so’radi.
Mazkur murojaat tuman adliya bo’limi tomonidan tezkorlik bilan o’rganilib, fuqaro Z.Abduhakimovaning voyaga yetmagan farzandi J.Pulatovnining tug’ilganlik faktini aniqlash uchun sudga ariza kiritildi. Fuqarolik ishlari bo’yicha Beruniy tumanlararo sudi tomonidan mazkur ariza qanoatlantirilib, fuqaroning huquqlari tiklandi.
Ellikqal’a tumani adliya bo’limi bosh maslahatchisi O.Reyimbayev