Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

30

Bir murojaat izidan


Nukus shahar adliya bo‘limiga fuqaro Aleksandr Petrushin murojaat yo‘llab, o‘z murojaatida 2020-yildan boshlab o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan onasi Larisa Petrushinaga qaraganligini, ushbu parvarish qilgan davrlarini pensiya ish stajiga qo‘shib hisoblash uchun onasiga parvarish qilganlik faktini tasdiqlashda amaliy yordam berishni so‘ragan.
O‘rganish davomida to‘plangan hujjatlardan, fuqaro Aleksandr Petrushin
31.03.2015-yildan boshlab va onasi Larisa Petrushina (04.06.1940-yilda tug‘ilgan)
09.02.2015-yildan boshlab Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV Nukus shahar ichki ishlar bo‘limi tomonidan Nukus shahar, K.Tatlimuratov ko‘chasi, 12-uyda doimiy ro‘yxatga olingan.
Shuningdek, Respublika ixtisoslashtirilgan ko‘z mikroxirurgiyasi ilmiy amaliy tibbiyot markazi Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududiy filialining Larisa Petrushina haqidagi tibbiy kartasidan nusxasida fuqaroning 15 yildan ortiq vaqt davomida ko‘z kasalliklari bilan xastaligi, ikki ko‘zidan operatsiya qilinganligi va predmetlarni ko‘rish qobiliyatining yo‘qligi to‘g‘risida shikoyati bor ekanligi ko‘rsatilgan.
Shuningdek, Nukus shahar 10-sonli oilaviy poliklinikasi bosh shifokorining 2025-yil 5-dekabrdagi 44-sonli ma’lumotnomasiga muvofiq, fuqaro Aleksandr Petrushinning onasi Larisa Petrushina 2021-yildan boshlab joriy vaqtga qadar uy sharoitida tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib borilganligini, fuqaro Larisa Petrushina  “I25. Ishemicheskiy bolezn serdca. Stenokardiya napryajeniya FK II. Discirkulyatornaya Encafalopatiya 2 stepeni s virajenniy diskoordinatornim sindromom. Neyrosensorniy tugoxost 1-2 stepeni. Oslojnenniy katarakta” diagnozi bilan
D hisobda turishi ma’lum qilingan.
Shuningdek, ushbu ma‘lumotnomada fuqaro Larisa Petrushina 10-sonli oilaviy poliklinikasi tomonidan yotoqda yotgan 4-guruh bemorlar qatoriga (4-guruh bemorlar qatoriga yotoqda yotadigan va o‘zgalar parvarishiga muhtoj fuqarolar kiritiladi.) kiritilganligi ma’lum qilingan.
O’zbekiston Respublikasining 03.09.1993-yildagi “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi 938-XII-son Qonunining 37-moddasi “d” kichik bandiga muvofiq I guruh nogironligi bor shaxsga yoki 18 yoshgacha bo‘lgan nogironligi bor bolaga, shuningdek, o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan 80 yoshga to‘lgan keksalarga qarab turilgan vaqt pensiya tayinlash uchun ish stajiga qo‘shib hisoblanishi belgilab qo‘yilgan.
Shu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 13.10.2022-yildagi 592-sonli Qarori bilan tasdiqlangan “Davlat pensiyalarni tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risida”gi Nizomning 27-bandi “d” kichik bandida pensiya olish huquqini beradigan ish stajiga qarab turish vaqti, ya’niy, I guruh nogironligi bo‘lgan shaxsga yoki 18 yoshgacha nogironligi bo‘lgan bolaga qarab turish, o‘zgalarning parvarishiga muhtoj bo‘lgan qariyalarga qarab turilgan
vaqt – 80 yoshga to‘lgan qariya o‘zgalarning parvarishiga muhtoj bo‘lgan davr qo‘shib hisoblanadi deb belgilangan.
O‘zbekiston Respublikasining Fuqaroliq protsessual kodeksi 295-moddasida sud fuqarolarning yoki tashkilotlarning shaxsiy, mulkiy huquqlari yuzaga kelishiga, o‘zgarishiga va tugashiga sabab bo‘ladigan faktlarni aniqlaydi. Agar qonunchilikda ularni belgilashning boshqacha tartibi nazarda tutilmagan bo‘lsa, sud yuridik ahamiyatga ega bo‘lgan boshqa faktlarni ham belgilashi mumkin deb ta’kidlangan.
Yuqoridagilarga asosan, Nukus shahar adliya bo‘limi tomonidan fuqaro Aleksandr Petrushinning manfaatini ko‘zlab 2020-yildan boshlab o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan onasi Larisa Petrushinaga qaraganlik faktini belgilash bo‘yicha fuqaroliq ishlari bo‘yicha Nukus tumanlararo sudiga ariza kiritildi va ariza sudning 2026-yil 15-apreldagi 2-2301-2607/7494-sonli hal qiluvchi qaroriga asos qanoatlandirildi.

Nukus shahar adliya bo‘limi
bosh maslahatchisi                                                    Sh.Shadibekov