Янгиликлар
26
Voyaga yetmaganlarning huquq va majburiyatlari
Bugungi globallashuv davrida inson huquqlarini ta`minlash masalasi davlat siyosatining ustuvor yo`nalishlaridan biriga aylangan. Ayniqsa, voyaga yetmaganlar jismoniy, ruhiy va ijtimoiy jihatdan to`liq shakllanmagan shaxslar bo`lgani sababli, ular davlat va jamiyat tomonidan alohida e`tibor va himoyaga muhtoj hisoblanadi. Yosh avlodning huquqiy ongini shakllantirish, ularga o`z huquq va majburiyatlarini anglatish jamiyatda qonun ustuvorligini ta`minlashning muhim shartidir.
Amaldagi O`zbekiston Respublikasi qonunchiligiga ko`ra 18 yoshga to`lmagan fuqarolar voyaga yetmagan shaxs hisoblanadi. Voyaga yetmaganlarning huquqiy maqomi ularning yoshiga, rivojlanish darajasiga va ijtimoiy holatiga bog`liq holda belgilanadi. Ular to`liq muomala layoqatiga ega bo`lmasalarda, ayrim huquqlardan mustaqil foydalanish imkoniyatiga ega. Shu sababli, voyaga yetmaganlarning huquqiy maqomi kattalarnikidan farq qiladi va maxsus huquqiy normalar bilan tartibga solinadi.
Mamlakatimizda voyaga yetmaganlarning huquq va erkinliklarini himoya qilish hamda qonuniy manfaatlarini ta`minlash davlat siyosati darajasiga ko`tarildi. Ayniqsa, so`nggi yillarda mamlakatimizda voyaga yetmaganlarning huquq va erkinliklarini ta`minlash bilan bog`liq islohotlar natijasi xalqaro hamjamiyat tomonidan ham munosib baholanmoqda.
Xususan, Xalqaro mehnat tashkilotining O`zbekiston Respublikasida amalga oshirgan monitoring natijasida hamda dunyo hamjamiyati vakillari bolalar mehnati va majburiy mehnatga barham berish bo`yicha O`zbekistonda ijobiy ishlar qilinganini e`tirof etdi.
Xulosa qilib aytganda, voyaga yetmaganlarning huquq va majburiyatlari jamiyat barqarorligi va huquqiy davlat qurishning muhim omillaridan biridir. Ularning huquqlarini ta`minlash bilan bir qatorda majburiyatlarini ham tushuntirish yosh avlodning mas`uliyatli fuqarolar bo`lib yetishishiga xizmat qiladi. Shu bois, huquqiy ta`lim va tarbiya masalalari doimiy e`tiborda bo`lishi lozim
Ellikqal`a tumani adliya bo'limi
FHDY bo`limi 2-toifali inspektori N.Xolimbetova