Янгиликлар
23
Fuqaroga 3 mln dan ortiq ishsizlik nafaqasi to‘lab borilishi ta’minlandi
Fuqaroga 3 mln dan ortiq ishsizlik nafaqasi to‘lab borilishi ta’minlandi
Chimboy tumani adliya bo‘limi tomonidan tumandagi Ko‘kchi MFY da istiqomat qiluvchi fuqaro M.Allambergenov 2026-yil 7-yanvar kuni ish o‘rni qisqarishi munosabati bilan ishga joylashtirish, pensiya tayinlash yoki ishsizlik nafaqasini tayinlash bo‘yicha murojatiga tuman Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limidan ijobiy javob berilmaganligidan norozi bo‘lib yo‘llagan murojaati ko‘rib chiqildi.
O‘rganish natijasida bo‘lim tomonidan O‘zbekiston Respublikasining “Aholi bandligi to‘g‘risida”gi O‘RQ-642-son qonunga asosan fuqaro M.Allambergenovni mutaxassisligi bo‘yicha ishga joylashtirish yoki shaxsni ishsiz deb topish bo‘yicha tuman Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limiga kiritilgan taqdimnoma natijasida murojaat egasi ishsiz deb e’tirof etildi hamda joriy yilning iyun oyi uchun 3 mln 813 ming so‘m miqdorida hamda iyul va avgust oylari uchun 3 mln 813 ming so‘m miqdorida ishsizlik nafaqasi tayinlanishi ta’minlandi.
Atabek Gulimbetov
Chimboy tuman adliya bo‘limi boshlig‘i