Янгиликлар
23
Adliya ko’magi bilan fuqaroning huquqlari tiklandi
Adliya ko’magi bilan fuqaroning huquqlari tiklandi
Qo'ng'irot tumani adliya bo'limiga, tumandagi “Gulabad” MFYda yashovchi Xalilayeva Jupar nomidagi yer maydonini rasmiylashtirishda, Qo'ng'irot tumani hokimining 2021-yil 12-yanvar kungi №20/1-sonli qarorida Xalilayeva Jupar ismi Kalilayeva Jupar bo'lib xato yozilganligi va ushbu muammoni yechishda amaliy yordam so'rab qilgan murojaati o'rganib chiqildi.
Mazkur muammoni bartaraf etish maqsadida tuman adliya boʻlimi tomonidan O'zbekiston Respublikasining 2018-yil 8-yanvardagi “Ma'muriy tartib-taomillar to'g'risida”gi O'RQ-457-son Qonunining 56-moddasiga asosan tuman hokimligiga hokimning 2021-yil 12-yanvar kungi №20/1-sonli qaroriga o‘zgartirish kiritishga taqdimnoma kiritildi.
Natijada tuman hokimining 2021-yil 12-yanvar kungi №20/1-sonli qaroriga o‘zgartirish kiritilib, fuqaroning 6 oydan beri hal etilmay kelgan murojaati adliya ko‘magi bilan ijobiy hal etildi.
Qo‘ng‘irot tumani
adliya bo’limi boshlig‘i M.A.Smetullayev