Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

22

Telefon raqamini qayta rasmiylashtirish tartibini bilazimi?


Telefon raqamini qayta rasmiylashtirish tartibini bilazimi?

O’ziga tegishli bo’lmagan, yoki boshqa shaxs nomida bo’lgan mobil raqamlardan foydalanayotgan shaxslarni tez-tez uchratib turamiz.
Hozirgi kunda har xil kiberjinoyatlar va internet orqali sodir qilinadigan firbgarliklarning oldini olish maqsadida boshqa shaxs nomidagi mobil raqamdan foydalangan holda Interaktiv davlat xizmatlaridan foydalanishga cheklovlar qo’yildi. Albatta, bu raqamli texnalogiyalarning rivojlanishi fonida fuqarolarning shaxsga doir ma’lumotlarining xavfsizligini saqlashdir.
Agar sizning kundalik hayotda foydalanayotgan mobil raqamingiz tanishlaringizni nomida bo’lsa mobil operatorining bosh offisiga bormasdan Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalidan (my.gov.uz) ro’yxatdan o’tasiz va “Telefon raqamini qayta rasmiylashtirish” xizmatini tanlash orqali o’z nomingizga o’tkazib olishingiz mumkin.
Bu qanday ishlaydi?
1. Ariza beruvchi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida avtorizatsiyadan (yoki ro‘yxatdan) o‘tadi va ariza beradi.
2. Arizada raqamni qabul qiluvchi to‘g‘risidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi, shundan so‘ng avtomatik ravishda tegishli so‘rov yuboriladi.
3. Abonent raqamini qabul qiluvchi shaxsiy kabinetda xabarnoma oladi.
4. Qabul qiluvchi raqamni qayta rasmiylashtirish so‘rovini tasdiqlaydi yoki rad etadi.
5. Ariza beruvchi so‘rov natijasi to‘g‘risida xabarnoma oladi. Qabul qiluvchi so‘rovni tasdiqlagan taqdirda, ariza beruvchi arizani yakunlaydi.
6. Ariza mobil aloqa operatori tomonidan belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi.
7. Mobil aloqa operatori ariza tushgan so‘ng ariza beruvchini xizmat ko‘rsatish uchun to‘lov miqdori to‘g‘risida xabardor qiladi.
Xizmat ko’rsatish muddati 1 kundan 5 kungacha.

Ellikqal’a tumani adliya bo’limi Davlat xizmatlari markazi direktori N.Xadjiyev