Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

22

Maishiy gaz balloni olish xizmatidan xabardormisiz


Maishiy gaz balloni olish xizmati

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 17-apreldagi 180-son “Turar joy xonadonlarini maishiy gaz ballonlari bilan taʼminlashda davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan 2026-yil 1-iyundan boshlab tabiiy gaz tarmog’iga ulanmagan hududlarda yashovchi fuqarolar maishiy gaz balloni olish uchun Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali murojaat qilishlari mumkin. Xizmat jismoniy shaxslarga ko’rsatiladi va murojaat yuborish uchun hech qanday yig’im undirilmaydi.
Ariza topshirilgandan so’ng vakolatli operator tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlar tekshiriladi hamda xonadon joyiga chiqib o’rganiladi. O’rganish jarayonida maishiy gaz ballonidan foydalanish uchun zarur sharoitlar mavjudligi, xususan gaz plitasi va oshxonaning texnik talablarga mosligi aniqlanadi.
Tekshiruv natijalari ijobiy bo’lsa, fuqaro bilan maishiy gaz ballonidan foydalanish va suyultirilgan uglevodorod gazini yetkazib berish bo’yicha shartnomalar rasmiylashtiriladi. Shundan so’ng fuqaro Face ID tizimi orqali ro’yxatdan o’tkazilib, bir dona maishiy gaz balloni bepul ajratiladi hamda o’n ish kuni ichida yetkazib beriladi.
Ayrim hollarda xizmat ko’rsatish rad etilishi mumkin. Jumladan, arizada noto’g’ri yoki to’liq bo’lmagan ma’lumotlar ko’rsatilganda, xonadonga avvaldan maishiy gaz balloni biriktirilgan bo’lsa yoki undan foydalanish uchun zarur texnik sharoitlar mavjud bo’lmasa, murojaat qanoatlantirilmaydi.
Maishiy gaz balloni eskirganda yoki foydalanishga yaroqsiz holga kelganda almashtiriladi. Ballon yo’qotilgan taqdirda esa amaldagi tartibga muvofiq uning qiymati undiriladi.
Fuqaro xizmat ko’rsatish asossiz rad etilgan deb hisoblasa yoki mansabdor shaxslarning harakatlaridan norozi bo’lsa, belgilangan tartibda shikoyat qilish huquqiga ega.

Ellikqal’a tumani adliya bo’limi Davlat xizmatlari markazi bosh mutaxassisi
Xodjaniyazov Shoxrux Ismoilovich