Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

22

Xonadonlarni maishiy gaz ballonlari bilan taʼminlash tartibi belgilandi


         Xonadonlarni maishiy gaz ballonlari bilan taʼminlash tartibi belgilandi

Hukumat qarori (180-son, 17.04.2026 y.) bilan “Turar joy xonadonlarini maishiy gaz ballonlari bilan taʼminlashda davlat xizmatini koʼrsatish”ning maʼmuriy reglamenti tasdiqlandi.
Reglamentga koʼra, davlat xizmati Davlat xizmatlari markazlari yoki YaIDXP (my.gov.uz) orqali vakolatli operator tomonidan koʼrsatiladi.
Maishiy gaz balloni tabiiy gaz bilan gazlashtirilmagan hududlarda yashovchi jismoniy shaxslarga beriladi.
Vakolatli operator ariza kelib tushgan kuni maʼlumotlarni «E-gaz» dasturida shakllantiradi.
Аriza kelib tushgandan soʼng, quyidagi tartibda koʼrib chiqiladi:
— 1 ish kunida soʼrovnomada koʼrsatilgan maʼlumotlarni tekshiriladi.
— 3 ish kunida ariza beruvchini maishiy gaz balloni bilan taʼminlash masalasi joyiga chiqib oʼrganiladi. Bunda oʼrganish yakunlari boʼyicha dalolatnoma rasmiylashtiriladi.
Dalolatnomada keltirilgan xulosa ijobiy boʼlgan taqdirda, ariza beruvchi bilan “Maishiy gaz ballonini vaqtincha foydalanishga berish toʼgʼrisida” va “Suyultirilgan uglevodorod gazini yetkazib berish toʼgʼrisida”gi shartnomalar 2 nusxada rasmiylashtiriladi.
Shartnomalar asosida ariza beruvchi “Face ID” tizimi orqali suyultirilgan uglevodorod gazini yetkazib berish uchun tegishli hisobvaraq bilan taʼminlanadi hamda unga 1 dona maishiy gaz balloni 12 ish kunida bepul yetkazib beriladi.

I.Djumanazarov
Beruniy tuman adliya boʼlimi
Davlat xizmatlari markazi sho’ba boshlig‘i